Oy iqtisodiyoti 2050-yilga borib 566 milliard dollarga yetishi mumkin

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Deloitte kompaniyasining hisobotiga ko'ra, 2050-yilga borib Oy iqtisodiyotining umumiy hajmi 566 milliard dollarga yetishi mumkin.
- Bu ko'rsatkich Oyda infratuzilma qurish va yangi bozorlar ochishdan iborat ikki asosiy bosqichdan tashkil topadi.
- Dastlabki bosqichda transport, energiya, aloqa, navigatsiya, qurilish va hayotni ta'minlash tizimlari uchun 282 milliard dollarga yaqin xarajat qilinishi kutilmoqda, bu mablag'ning 73 foizi transportga yo'naltiriladi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, dunyoga mashhur Deloitte kompaniyasi tomonidan eʼlon qilingan yangi «Building the Lunar Economy» nomli hisobotda kelgusidagi Oy faoliyatining global iqtisodiy qiymati baholandi. Unga koʻra, 2050-yilga borib Oy iqtisodiyotining umumiy hajmi konservativ ssenariy boʻyicha 343 milliard dollarni, tezlashtirilgan oʻsish holatida эsa 566 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mazkur ulkan koʻrsatkich ikki asosiy bosqichdan iborat boʻlib, ular Oyda ishlash uchun zarur boʻlgan infratuzilma qiymati hamda ushbu poydevor yaratilgandan soʻng ochiladigan yangi bozorlarni oʻz ichiga oladi. Deloitte Consulting vakili va hisobot hammuallifi Rakel Buskaino bu jarayonni birinchi navbatda infratuzilma tarixi sifatida baholagan.
Infratuzilma va transportning asosiy roli
Tadqiqotga koʻra, dastlabki bosqich oltita asosiy infratuzilma bozorini qamrab oladi. Bular transport, energiya, aloqa hamda navigatsiya, sirt harakatchanligi, qurilish va hayotni taʼminlash tizimlaridir. Tezlashtirilgan oʻsish sharoitida ularning umumiy qiymati 282 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.Eʼtiborlisi, ushbu summaning naqd 73 foizi aynan transport xarajatlari va imkoniyatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Asosiy qurilish ishlari Oyning janubiy qutbi yaqinida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu hududdagi suv muzi zaxiralari hamda quyosh nuri uzoq tushadigan qirgʻoqlar uzoq muddatli operatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun eng qulay joy hisoblanadi.
Yangi bozorlar va kelajakdagi imkoniyatlar
NASA va boshqa kosmik agentliklar anʼanaviy davlat xaridlari oʻrniga xizmat koʻrsatish kontraktlari orqali tijorat bozorlarini faol ravishda ishga tushirmoqda. Tayyor poydevor ustida shakllanadigan ikkinchi bosqich bozorlariga maʼlumotlar, milliy xavfsizlik ilovalari, geliy-3 kabi resurslar, Oyda ishlab chiqarilgan raketa yoqilgʻisi hamda kosmik hisob-kitoblar uchun ishlab chiqarish kiradi.Ushbu ikkinchi bosqichdagi bozorlar birgalikda yana 284 milliard dollargacha daromad keltirishi mumkin. Shuningdek, hisobotda kengroq ijtimoiy manfaatlar — innovatsiyalar, ilmiy kashfiyotlar va ilhomlantiruvchi taʼsir yana 541 milliard dollarga baholangan.
Shu bilan birga, mutaxassislar gullab-yashnayotgan Oy iqtisodiyoti oʻz-oʻzidan kafolatlanmaganini taʼkidlaydilar. Muhandislik toʻsiqlari, uzun ishlab chiqish sikllari, tartibga solishdagi noaniqliklar va hali toʻliq isbotlanmagan tijorat talabi asosiy qiyinchiliklar sirasiga kiradi. Yaqin istiqbolda daromadlar davlat moliyalashiga bogʻliq boʻlib qolmoqda, bugun qabul qilinayotgan investitsiya va texnik standartlar esa kelgusida kimlar bozorda qolishini belgilab beradi.






























Izohlar 0
…