“Google Translate”ga o‘zbek tili qo‘shildi

Google Translate avtomatik tarjima onlayn-servisi tillari ro‘yxatida o‘zbek tili ham paydo bo‘ldi. Endilikda o‘zbek tilidagi matnlarni boshqa tilga o‘girish, boshqa tildagi matnlarni esa o‘zbekchaga avtomatik tarjima qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Google Translate xizmatida o‘zbek tili yangi ishga tushgani sababli bir qator kamchiliklarga ega ekanini ko‘rish mumkin. Bu borada ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarda ham o‘qish mumkin. Jumladan iboralarning noto‘g‘ri tarjima qilinayotgani va butunlay teskari ma’nodagi tarjimalar ham mavjudligi aniqlangan.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Google Translate xizmati joriy yil boshida yangi tillarni, jumladan o‘zbek tilini ham qo‘shish bo‘yicha ko‘ngillilarni hamkorlikka chaqirgandi. Ular maxsus manzil – orqali ro‘yxatdan o‘tib, istalgan xohlovchi loyiha volontyoriga aylanishi mumkinligi, yordam bermoqchi bo‘lganlar nafaqat o‘zbek, balki ingliz tilini ham bilishlari kerakligi ta’kidlab o‘tilgandi .
Google Translate – bepul tarjima xizmati bo‘lib, unda nafaqat alohida so‘zlarni, balki butun bir matnlar va vebsaytlarni ham tarjima qilish mumkin. Hozirgi vaqtda servis 90ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi.
Google tarjimoni yuz millionlab hujjatlardagi o‘ziga xos iboralardan foydalanib, ular asosida tarjimaning eng yaxshi variantini ishlab chiqadi. Odamlar tomonidan tarjima qilingan matnlardagi bir xil tuzilmalarni topib, servis gap tarjimasi bo‘yicha o‘z takliflarini ham berishi mumkin. Katta hajmdagi matnlardan standart qismlarni izlash jarayoni statistik mashina tarjimasi deb ataladi.
Manba: www.Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing