06:38 / 25.01.2024
102

Muzqaymoqni haddan ortiq iste’mol qilmang: shifokor sababini ochiqladi

Muzqaymoqni haddan ortiq iste’mol qilmang: shifokor sababini ochiqladi

Gastroenterolog Yevgeniy Belousov muzqaymoqning salomatlik uchun zarari haqida gapirdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab mahsulotlar qatori bu shirinlikka ham sun’iy o‘simlik yog‘larini qo‘shish mumkin. Muzqaymoqning me’yordan ortiq iste’moli tizimli yallig‘lanishning rivojlanishiga olib keladi.

«Bu ichki organlarning: jigar, oshqozon osti bezining «semirishi» muammosi tufayli sodir bo‘ladi», deb tushuntirdi mutaxassis.

Belousov fanda «yog‘li» jigarni yog‘li gepatoz deb atalishini ma’lum qildi. Bu xavfli, chunki u jigar yallig‘lanishiga olib keladi - bu esa gepatitga olib boradi. Oshqozon osti bezining «semizligi» (lipomatoz), o‘z navbatida, tezda pankreatitga aylanadi.

«Oshqozon-ichak traktining organlari xona haroratiga yaqin bo‘lgan ovqatlarni yaxshi ko‘radilar, shuning uchun muzqaymoqning past harorati ularni stressga olib kelishi mumkin», deb ta’kidladi ekspert.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Muzqaymoqni haddan ortiq iste’mol qilmang: shifokor sababini ochiqladi