Bolalarga haftasiga ikki marta baliq berish tavsiya qilindi

Salomatlik1 daqiqa o'qish12
Bolalarga haftasiga ikki marta baliq berish tavsiya qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Professor Vefik Arija bolalarning sog‘lom rivojlanishi uchun 1 yoshdan boshlab ularning ratsioniga haftasiga kamida ikki marta yog‘li baliq kiritishni tavsiya qildi.
  • Mutaxassis omega-3 yetishmovchiligi yurak, asab tizimi, xotira va ko‘z bilan bog‘liq qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidladi.

Bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi uchun omega-3 yog‘ kislotalari muhim ahamiyatga ega. Turkiyalik professor ota-onalarga farzandlariga 1 yoshdan boshlab haftasiga kamida ikki marta yog‘li baliq berishni tavsiya qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Prof. Dr. Cemil Taşcıoğlu shahar kasalxonasi bolalar salomatligi klinikasi ta’lim bo‘limi rahbari, professor Vefik Arija bolalarda omega-3 yetishmovchiligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, so‘nggi tadqiqotlarda har uch boladan ikkisida omega-3 darajasi yetarli emasligi aniqlangan.

Professor dunyoda aholi jon boshiga yillik baliq iste’moli 21 kilogrammni tashkil etishini, Turkiyada esa bu ko‘rsatkich 7,7 kilogrammga teng ekanini ta’kidladi.

Omega-3 yetishmovchiligi qanday muammolarga olib kelishi mumkin?

Mutaxassis omega-3 yetarli miqdorda iste’mol qilinmasligi yurak bilan bog‘liq muammolar, jigar yog‘lanishi, asab tizimi rivojlanishidagi buzilishlar, xotira va diqqat bilan bog‘liq qiyinchiliklar hamda ayrim ko‘z kasalliklari bilan aloqador bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, omega-3 tarkibidagi yog‘ kislotalari miya va ko‘z to‘qimalari uchun muhim hisoblanadi. Shuningdek, tuxum sarig‘i tarkibidagi xolin ham ushbu to‘qimalar faoliyati uchun ahamiyatli oziq moddalardan biridir.

Jingalak sochli bola sabzavotli qizil baliq solingan likopcha oldida jilmayib turibdi.

Qaysi baliqlarni tanlash kerak?

Professor bolalar ratsioniga omega-3ga boy va simob miqdori past baliqlarni kiritishni tavsiya qilgan. Jumladan:

  • losos;

  • sardina;

  • anchous (xamsa).

Uning tavsiyasiga ko‘ra, bolalarga 1 yoshdan boshlab haftasiga kamida ikki marta yog‘li baliq berish maqsadga muvofiq.

Baliq yog‘i qo‘shimchalarini tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak

Haftasiga ikki marta baliq iste’mol qila olmaydigan bolalarda omega-3 qo‘shimchalariga ehtiyoj bor-yo‘qligini baholash mumkin. Biroq ularni tanlashda mahsulot tarkibi, ishlab chiqarish sharoiti va sifati muhim.

Professor xalqaro sertifikatlarga ega, yaroqlilik muddati o‘tmagan va to‘g‘ri saqlangan mahsulotlarni tanlashni tavsiya qilgan. Baliq yog‘ining hidi yoki rangi o‘zgargan, oksidlanish belgilari mavjud mahsulotlardan foydalanmaslik kerak.

Shuningdek, baliq yog‘ini me’yoridan ortiq iste’mol qilish oshqozon-ichak bezovtaliklari, yog‘li najas va allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bolaga omega-3 qo‘shimchasini berishdan oldin uning ehtiyojini pediatr bilan maslahatlashib aniqlash lozim.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?