O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar raqamli rasmiylashtiriladi

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar raqamli rasmiylashtiriladi

1 iyundan O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni rasmiylashtirish tartibi o‘zgardi. Davlat kadastrlari palatasi ushbu jarayonlarni UZKAD tizimi orqali to‘liq raqamli formatga o‘tkazdi.

Yangi reglament binolarni foydalanishga qabul qilish, kadastr pasportlarini berish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini qamrab oladi.

Endilikda uydagi barcha xonadonlar, noturar joylar va umumiy mol-mulk yagona reyestrda hisobga olinadi. Butun uy uchun yagona kadastr hujjati shakllantiriladi.

Shuningdek, binolarning raqamli chizmalari onlayn xaritada aks ettiriladi. Bu qog‘ozbozlikni kamaytirib, inson omili ta’sirini minimallashtirishga xizmat qiladi.

Islohot obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tezlashtirish va mulk huquqini maksimal darajada himoya qilishga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar