Eron Oliy rahbari Xomanaiy kutilmagan bayonot berdi

Eron Oliy rahbari Xomanaiy kutilmagan bayonot berdi
Audio versiyasi

Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy Eron AQSH va Isroil ustidan g‘alaba qozonganini ma’lum qildi hamda Tehronning raqiblarini mamlakat ichida nizo va bo‘linish urug‘ini sochishga urinayotganlikda aybladi. Uning bu haqdagi murojaati “Euro news” manbalariga tayanib keltirildi.

Xomanaiyning bayonoti Tramp ma’muriyati Eron bilan olib borilayotgan muzokaralarda sezilarli natijalarga erishilganini bildirib turgan, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp Mujtabo Xomanaiy bilan shaxsan uchrashish ehtimolini ham istisno qilmayotgan bir paytda e’lon qilindi.

Bugun, 4 iyul kuni Xomanaiy AQSH va Isroil bilan kechgan to‘qnashuvlarda Eron g‘alaba qozonganini ta’kidlab, kutilmagan bayonot berdi.

“Aziz Eron xalqiga shuni yetkazmoqchimanki, sizlarning qurolli kuchlar safidagi jasur farzandlaringizga qarshi kurashda mag‘lub bo‘lgan makkor dushman bugun nafaqat jang maydonida, balki jamoatchilik oldida ham og‘ir va qattiq tahqirni boshdan kechirmoqda. Shu sababli u turli hiyla-nayranglarga tayanayotir”, degan Oliy rahbar.

Xomanaiyning ushbu bayonoti, ehtimol, tinchlik kelishuviga yaqinlashilayotgan jarayonlardan dalolat berishi mumkin. Ko‘rinishicha, u Eron jamoatchiligini bunga tayyorlash bilan birga, ichki birdamlikni saqlashga ham chaqirmoqda.

“Taxminan 80 yil avval Isroil deb ataluvchi harbiy tayanchni yaratgan hukmron tizim Buyuk Isroil deb ataluvchi sun’iy va to‘qib chiqarilgan geografik tasavvurning sharqiy chekkasida, ya’ni Furot daryosining sharqida joylashgan, ko‘plab ustunliklarga ega kuchli va mustaqil Eronning mavjudligini qabul qilmaydi”, deya qo‘shimcha qildi Xomanaiy.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Eron Oliy rahbari Xomanaiy kutilmagan bayonot berdi – Zamin.uz, 04.06.2026