Oybek va Nigoraning to‘yida 5 nafar farzandi bo‘lishini tilagan ijodkor kim?

Xonandalar Oybek va Nigora “Omon-omon” dasturidagi suhbat davomida oilasi va farzandlari haqida samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.
Suhbat jarayonida boshlovchilardan biri Oybekka “Hozirda farzandlaringiz 5 nafarmi?” deya savol bilan murojaat qildi. Xonanda esa qisqa va aniq javob berdi: “Yo‘q, 4 nafar”.
Shundan so‘ng boshlovchi hazil aralash “Xudo xohlasa, 5 nafar bo‘lishadi” deya kulib qo‘ydi. Yana bir boshlovchi esa ularning to‘yida bir xonanda 5 nafar farzandli bo‘lishlarini tilaganini eslatdi.
Nigora esa qiziqib: “Kim ekan? Tohir Usmonovmi?” deya so‘radi. Boshlovchi esa bu taxminni rad etib, “Umidaxon” deya javob berdi.
Suhbat davomida Nigora yana bir qiziqarli faktni ochiqladi. U boshlovchilarga yuzlanib: “Birinchi marta kutib olgan chaqalog‘imiz kimligini bilasizlarmi?” deya savol berdi. Ular esa qiziqib javobni kutishdi.
Nigora esa shunday dedi: “Hozir kim haqida gapirdingiz? Umidaxonning farzandlarini birinchi bo‘lib kutib olganmiz. O‘sha ilk chaqaloq hamon yodimizda”.
Ma’lum qilinishicha, o‘sha chaqaloq hozir ancha ulg‘ayib, hatto maktab yoshiga ham yetgan.
Mazkur suhbat muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va ijtimoiy tarmoqlarda iliq muhokamalarga sabab bo‘ldi.





























Izohlar 0
…