01:13 / 04.03.2025
42

Rossiyada eski avtomobillar narxi 15% ga tushdi

Rossiyada eski avtomobillar narxi 15% ga tushdi
Rossiyada o‘tgan yil davomida ikkinchi qo‘l avtomobillarning o‘rtacha narxi 15% ga pasaygan, deb xabar berdi interfax-russia.ru nashri "Drom" ma'lumotlariga tayanib.

Fevral oyida rossiyaliklar o‘tgan yilga nisbatan avtomobillarni 15% arzon narxda sotib olishgan. O‘rtacha narx 1,3 million rubldan 1,1 million rublgacha pasaygan.

Eng katta narx tushishi Toyota Vista (-45%), Hyundai Sonata (-24%), BMW X5 (-22%) va Hyundai Elantra (-20%) modellarida kuzatilgan.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyadagi yengil avtomobillarning o‘rtacha yoshi 15,5 yilni tashkil etdi. Eng eski mashinalar mahalliy avtomobillar bo‘lib, ularning o‘rtacha yoshi 18,7 yilga yetdi. Keyingi o‘rinda 17,1 yoshli yapon avtomobillari turadi. Uchinchi o‘rinda esa AQSh avtomobillari – 15,4 yil bilan joylashgan. Eng yosh avtomobil parki esa Xitoy ishlab chiqaruvchilariga tegishli bo‘lib, ularning o‘rtacha yoshi 4,9 yilni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto