Foto: News Explorer
20 aprel kuni BMW kompaniyasi o‘zining 7 Series flagman sedani taqdimotini o‘tkazdi. Yangi mashina tashqi ko‘rinishi bilan X7 ga o‘xshab ketsa-da, V12 dvigatel o‘rniga elektromotor va yo‘lovchilar uchun ulkan ekranga ega bo‘lgan.
Yangi model yorug‘lik diodlari o‘rnatilgan, shuningdek, burilishlarni ko‘rsatuvchi funksiyaga ega ikki qatli optikaga ega bo‘lgan, matritsali asosiy faralar seksiyasi pastda joylashgan. Yuqori faralar uchun xaridor Swarovski kristallari bilan qoplangan versiyasini buyurtma qilishi mumkin.
Bundan tashqari, qo‘shimcha to‘lov evaziga xuddi Mercedes-Maybach modellaridagi kabi ikki xil rangga bo‘yalgan kuzovli variantni sotib olsa bo‘ladi.
Foto: News Explorer
Avtomobil salonida haydovchi qarshisidan multimedia tizimlari displeyi va virtual qurilmalar paneli o‘rin olgan. Orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar qarshisida esa 8K sifatni qo‘llab-quvvatlovchi va Bowers & Wilkins Diamond Surround Sound bilan integratsiyalashgan BMW Theatre Screen ekrani joylashgan.
«Pnevmopodveska» bazaviy jamlanmada mavjud, qo‘shimcha to‘lov evaziga to‘liq boshqariluvchi shassi va uchinchi avlod avtopilotini qo‘shtirish mumkin — u soatiga 130 kilomter tezlikda ham rulni ushlamaslikni ta’minlaydi.
Foto: News Explorer
Yangi sedan bir nechta modifikatsiyada sotuvga chiqadi — 286 ot kuchiga ega uch litrli V6, 490 ot kuchiga benzin va elektr motorli gibrid, 571 ot kuchiga ega benzin va elektr motorli gibrid, 286 ot kuchili benzin, 380 ot kuchili benzin, 544 ot kuchiga ega 4,4 litrli V8 o‘rnatilgan benzin hamda 544 ot kuchini taqdim etishga qodir ikkitalik elektromotor o‘rnatilgan versiyasi. So‘nggi versiya yordamida bir marta quvvatlanish orqali 483 kilometr yo‘l bosish, soatiga 100 kilometr tezlikka 4,7 soniyada chiqish mumkin. Bunda maksimal tezligi 240 kilometr/soatga yetadi.
Foto: News Explorer
Sotuvlar 2022 yilning kuzida boshlanadi. Yangi avlod BMW 7 Series AQSHda 94 ming dollardan sotuvga chiqadi. i7 xDrive60 versiyasining narxi esa kamida 120 ming dollardan boshlanadi.
Foto: News Explorer “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot