Pop-MMA jangchisi “Saturn” jarimaga tortildi

Odamlar orasida “Saturn” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik pop-MMA jangchisi Og‘abek Abdumo‘minov ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan videosi sabab ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda 3 iyun kuni Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, sportchining xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan avtotransport vositasini boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan qoidabuzar chaqirtirilib, unga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Og‘abek Abdumo‘minov o‘z navbatida xavfsizlik kamarisiz harakatlanganini tan olib, videoning keng muhokamalarga sabab bo‘lganini aytdi.
“Avtotransport vositasini xavfsizlik kamarisiz boshqarganman. Video ijtimoiy tarmoqlarga joylanganidan keyin keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu holat boshqa takrorlanmaydi”, dedi pop-MMA jangchisi.





























Izohlar 0
…