Zuhra Soliyeva: Sevimli san’atkorimdan o‘zim chipta so‘rayman

Aktrisa Zuhra Soliyeva “24/7 Podcast” dasturida mehmon bo‘lib, shou-biznesdagi munosabatlar va konsertlarga borish tajribasi haqida ochiq fikr bildirdi.
Uning aytishicha, ayrim yaxshi ko‘rgan san’atkorlari va jamoalarining konsertlariga hatto taklif bo‘lmasa ham, o‘zi murojaat qilib chipta so‘rashdan uyalmaydi.
“Shou-biznes vakillari to‘y yoki konsert qilsa, ko‘pincha mashhur yulduzlarni taklif qilishadi, meni esa ba’zan chaqirishmaydi. Masalan, men 'Dizayn' va 'Million' jamoalarining konsertlariga borishni xohlayman, lekin taklif qilishmaydi. Bunga xafa bo‘lmayman,” — deydi aktrisa.
U shuningdek, Farhod Saidov, Bunyod Saidov va Dilmurod Sultonov kabi ijodkorlar uni shaxsan taklif qilishini ham alohida ta’kidladi.
Aktrisaning aytishicha, u yaxshi ko‘rgan ijodkorining konsertini bilib qolsa, o‘zi ham “konsertingizga boray” deb bemalol murojaat qiladi.
“G‘aybulla Tursunov endi ijod boshlagan paytlari qo‘shiqlarini yaxshi ko‘rardim. U qisqa vaqtda konsert ham berdi. Meni chaqirishar deb kutdim, lekin bo‘lmadi. Keyin o‘zim yozdim, u esa darhol qo‘ng‘iroq qilib, sizga chipta beraman dedi. Bordim va juda mazza qildim. Men uchun haqiqiy konsert o‘sha bo‘lgan,” — deya so‘zlarini yakunladi aktrisa.





























Izohlar 0
…