Nubia Z80 Ultra AnTuTu reytingida eng yaxshi Android smartfon deb topildi

Nubia Z80 Ultra AnTuTu reytingida eng yaxshi Android smartfon deb topildi

AnTuTu benchmarki ishlab chiquvchilari foydalanuvchilarning oʻz qurilmalaridan qoniqish darajasi boʻyicha may oyi reytingini eʻlon qildi. Bir necha oydan buyon Nubia Z80 Ultra modeli ushbu roʻyxatda yetakchilikni qoʻldan boy bermay kelmoqda — uning qoniqish koʻrsatkichi 98 foizdan yuqori deb baholangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Reytingning ikkinchi pogʻonasini 98 foiz natija bilan Oppo K13 Turbo 5G egallagan boʻlsa, uchinchi oʻringa Xiaomi 17 Ultra by Leica koʻtarildi. Ushbu model kuchli uchlikdan Oppo Find X8 Ultra smartfonini siqib chiqardi. Shuningdek, roʻyxatning yuqori qismidan Huawei Mate 70 Pro Premium Edition (97,50%) va Oppo Find N5 (96,19%) kabi qurilmalar joy olgan.

Kuchli oʻnlikni Oppo Find X8 Ultra, Nubia Z70S Ultra Photographer Edition, Oppo Find X8s, Xiaomi 15 Ultra va OnePlus Ace 6 yakunlab berdi. Eʻtiborli jihati shundaki, barcha oʻnta model ham 93 foizdan yuqori baho olishga muvaffaq boʻlgan.

Brendlar kesimida Oppo yaqqol yetakchilik qilmoqda — roʻyxatdan ushbu kompaniyaning toʻrtta modeli joy olgan. Nubia va Xiaomi brendlarining esa ikkitadan smartfoni reytingga kiritilgan. Shunisi qiziqki, avvalgi reytinglarda muntazam koʻrinish bergan Samsung qurilmalari bu galgi oʻnlikda umuman qayd etilmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar