12 avgustda noyob hodisa: kunduz bir zumda tun bo‘ladi

Joriy yil 12 avgust kuni noyob astronomik hodisa — to‘liq Quyosh tutilishi kuzatiladi. Ushbu jarayonda Oy Quyosh bilan Yer orasiga kirib, uning nurlarini to‘sadi va ayrim hududlarda kunduz qisqa muddatga qorong‘ulikka aylanadi.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, to‘liq tutilish Grenlandiya, Islandiya hamda Ispaniya va Portugaliyaning ayrim hududlarida ko‘rinadi. Yevropa, Afrika va Shimoliy Amerikaning katta qismida esa hodisa qisman kuzatiladi.
Tutilish yo‘li taxminan 8 ming kilometrdan ortiq hududni qamrab oladi. Ayrim joylarda bu jarayon bir necha daqiqa davom etsa, ba’zi hududlarda atigi soniyalar ichida yakunlanadi.
Olimlar bu hodisa ilmiy jihatdan ham muhim ekanini ta’kidlab, Quyoshning tashqi qatlami va atmosfera o‘zgarishlarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘lishini qayd etmoqda.
Shu bilan birga, mutaxassislar Quyoshga bevosita qarash xavfli ekanini eslatib, faqat maxsus himoya vositalari orqali kuzatishni tavsiya qilmoqda.





























Izohlar 0
…