Foto: Business Insider
AQSH rejalashtirilgan 700 ta Switchblade dronlarining 100 tasini allaqachon Ukrainaga yuborgan. Bu haqda Pentagondagi yuqori martabali amaldorning so‘zlariga tayanib, Foreign Policy jurnali xabar tarqatdi, deb yozmoqda «Interfaks».
Bundan tashqari, jurnal manbasining aytishicha, AQSH Ukrainaga 90 ta gaubitsaning 60 foizini yetkazib bergan. Yevropa hududida AQSH tomonidan 100 nafar ukrainalik harbiylar gaubitsalardan foydalanishga o‘qitilmoqda, yana 15 nafar ukrain harbiylari Q64 radarlaridan foydalanishni o‘rganmoqda.
29 aprel holatiga ko‘ra, mintaqaga Ukraina uchun qurol-yarog‘ning 20 partiyasi, xususan, 155 millimetrli artilleriya snaryadlari, bronenimchalar, shlemlar olib kelingan. Jurnalning aniqlik kiritishicha, keyingi 24 soat davomida AQSH Yevropaga Ukraina uchun o‘nlab aviareyslarda Phoenix Ghost dronlari va 155 millimetrli snaryadlar yetkazib beradi. Ukraina jami 121 dona Phoenix Ghost uchuvchisiz parvoz qiladigan apparatlarni qo‘lga kiritishi kerak.
Pentagon vakili qurol-yarog‘ transportirovkasi Ukraina hududidan tashqari hududlarga amalga oshirilayotganini bildirgan.
Shuningdek, u ukrainalik harbiylarni Phoenix Ghost qurilmalaridan foydalanishga o‘qitish ishlari boshlanmaganini aytgan va AQSH Ukrainaga kiberhimoya uchun ham uskunalar yuborayotganini bildirgan.
AQSH mudofaa vazirligi vakili Vashingtonning Kiyev bilan «Patriot» zenit raketalari hamda THAAD raketa zarbalaridan himoya komplekslarini berish borasida muzokara olib borayotganini oshkor qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi