20:41 / 05.07.2022
1 662

Ukrainadagi urushning 132-kuni: Xarkivda vayron bo‘lgan gimnaziya, dala maydonidagi ulkan o‘ra (foto)

Ukrainadagi urushning 132-kuni: Xarkivda vayron bo‘lgan gimnaziya, dala maydonidagi ulkan o‘ra (foto)
Ukrainadagi urushning 132-kuni. So‘nggi ma’lumotlar
  • RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga Lisichansk ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgani hamda «LXR» hududi to‘liq «ozod etilgani» to‘g‘risida hisobot berdi. Putin Luhansk oblastiga hujumni boshqargan general-mayor Asadulla Abachev va general-polkovnik Aleksandr Lapinni Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirladi.
  • Luhansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ukrain qo‘shini Lisichanskni qurshovga tushmaslik uchun tark etgani va shahardan yo‘qotishlarsiz chiqishga muvaffaq bo‘lgani, endi esa Donetsk oblastidagi janglarga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Lisichanskda 10 mingga yaqin tinch aholi vakillari qolgan. Urushga qadar shahar aholisi - 100 ming kishi atrofida edi.
  • Britaniya harbiy razvedkasi xabar berishicha, Rossiya kamida ikki qo‘shin o‘rtasida samarali muvofiqlashtirishga erishgan (ulardan biri, general Lapin qo‘mondonligidagi Markaziy okrug bo‘lishi mumkin), Lisichanskning egallanishi esa RF armiyasi butun Luhansk oblastini nazorat qilish imkonini beradi.
  • Ilon orolida yana Ukraina bayrog‘i hilpiray boshladi. Ushbu orol 30 iyun kuni rossiyalik harbiylar tomonidan tashlab ketilgandi, hozirda mazkur hudud yana Ukraina yurisdiksiyasiga qaytgan.
  • Ukraina razvedkasi bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Rossiya ishg‘ol etilgan Xerson va Zaporijjya oblastlarida 11 sentabr kuni «referendumlar» o‘tkazishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
  • FXX (FSB) Rossiya fuqarolarini ukrain xayriya fondlariga pul o‘tkazishdan tiyilish haqida ogohlantirdi. Idora bunday harakat davlatga xiyonat sifatida baholanishini ma’lum qilgan.
  • Shveysariyada urushdan keyin Ukrainani tiklash masalasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu ish uchun 750 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga Shveysariya prezidenti Ukrainadan korrupsiyani bartaraf etishni so‘radi.
  • Belgorodda 3 iyul kungi zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi. Tan olinmagan «DXR» hukumati Donetskdagi temiryo‘l vokzaliga berilgan zarba oqibatida tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lib, 31 kishi yaralanganini ma’lum qilgan.

Quyida 4 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Dnipropetrovshina oblasti

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Dnipropetrovshina oblasti aholisi: fermer dalasida raketa zarbasidan ulkan o‘ra hosil bo‘lgan. Ushbu dala maydoni shiddatli janglar kechayotgan front chizig‘idan 10 kilometr masofada joylashgan. Iyun oyi oxirida RF mudofaa vazirligi ukrainlarning «Dnepropetrovskdagi operativ-strategik guruhining boshqaruv punkti» yo‘q qilingani haqida ma’lumot bergandi. Iyul oyi boshida ham oblast hududiga zarbalar davom etdi.

Dnipropetrovshina oblastidan bo‘lgan fermer front chizig‘idan 10 km masofadagi o‘z dalasidan rossiyaliklar raketasi qoldiqlarini yig‘ishtirmoqda.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Kramatorsk aholisi gumanitar yordam kutmoqda.
Marko Djurica / AP / Scanpix / LETA

So‘nggi kunlarda Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiya qo‘shini Kramatorsk yo‘nalishida Shimoliy Donni kechib o‘tgani va Lisichanskda mustahkam o‘rnashgani haqida xabar qilgan. Ular ukrain harbiylari hujumlari ostida Belogorovkadan chekinishga majbur bo‘lishgan.

Kramatorskda gumanitar yordam uchun navbat.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA


Michal Burza / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Qo‘shnisining uyi zarbadan vayron bo‘lgan slovyansklik ayol o‘z uyini tark etishga qaror qilgan. Uning o‘g‘li bir oy muqaddam evakuatsiya bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 4 iyul kuni kechqurun rossiyalik kuchlar Slovyansk yo‘nalishida «qisman muvaffaqiyatga erishib» Mazanovka aholi punkti tomon harakatlanayotganini ma’lum qilgan. Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, shu kuni RF armiyasi Slovyansk shimoliga kirib kelishga uringan, ammo bunday harakatlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Kazbek Basayev / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk osmonida qora tutun. Mahalliy telegram-kanallar 4 iyul kuni shahar o‘qqa tutilgani haqida xabar bergan: hujum oqibatida temiryo‘l vokzali yaqinidagi bozor yonib ketgan, bir kishi halok bo‘lgan. Rossiya davlat nashrlari «to‘rtta bolalar bog‘chasi, maktab, sanoat ob’ektlari, temiryo‘l vokzali»ni nishonga olgan «Ukraina qurolli kuchlarining yuzlab snaryadlari» haqida xabar tarqatgan. Bu xabarlarda shahar o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, 17 kishi yaralangani keltirilgan.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Severodonetskni Lisichansk bilan bog‘lagan ko‘prik holati. Ukrain nashrlari iyun oyi o‘rtalarida ikki shahar o‘rtasidagi uchta asosiy ko‘prikning oxirgisi rossiyalik harbiylar tomonidan portlatilgani haqida xabar bergandi.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari harbiy muhandislik mashinasida Lisichansk bo‘ylab harakatlanmoqda. 3 iyul kuni RF mudofaa vazirligi shahar qurshovga olingani haqida xabar qildi. Keyingi kuni Luhansk oblasti ma’muriyati rahbari ukrain qo‘shini Lisichanskdan yo‘qotishlarsiz chiqqanini ma’lum qildi.

Ukrain harbiy xizmatchilari Donetsk oblasti Seversk shahri atrofidagi janglarga yo‘l olmoqda.
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv oblasti

Ko‘ngillilar va Ukraina armiyasi harbiylari Xarkiv hududida bir necha oy muqaddam ko‘milgan rossiyalik askar jasadini eksgumatsiya qilmoqda.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA


Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Shaharga kiraverishda o‘rnatilgan «Xarkiv» yozuvining janglardan keyingi ko‘rinishi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya armiyasining Xarkiv yo‘nalishidagi asosiy kuchlarining vazifasi avval egallangan pozitsiyalarni saqlab qolish hisoblanadi, shu bilan birga rossiyaliklar oblast hududidagi qator aholi punktlarini o‘qqa tutmoqda va Xarkiv bo‘ylab aviazarbalar yo‘llamoqda. RF mudofaa vazirligi Ukraina armiyasini Xarkiv va boshqa shaharlarda aholi turar joylari va maktablar hovlisiga o‘t ochish pozitsiyalari hamda zirhli texnikalar joylashtirish orqali «provokatsiya» qilishda ayblamoqda.

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivdagi gimnaziya sportzali rossiyalik harbiylar zarbasidan vayron bo‘ldi. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari ushbu hujum oqibatida qurbonlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Ukrain qutqaruvchilari Xarkiv gimnaziyasida ishlamoqda.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA


Vayron bo‘lgan gimnaziya ichida zinadan ko‘tarilayotgan kishi.
Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA


Ko‘ngillilar vayronaga aylangan gimnaziyadan o‘quv darsliklarini olib ketishmoqda.
Sofia Bobok /​ Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Xarkivdagi gimnaziyada ishlayotgan qutqaruvchi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi urushning 132-kuni: Xarkivda vayron bo‘lgan gimnaziya, dala maydonidagi ulkan o‘ra (foto)