17:20 / 10.12.2022
1 300

Putinning qizi Moskva davlat universiteti tibbiyot fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimini egalladi

Putinning qizi Moskva davlat universiteti tibbiyot fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimini egalladi
Aleksey Navalniy jamoasining tadqiqotlar bo‘limi rahbari Mariya Pevchix Rossiya prezidentining to‘ng‘ich qizi Mariya Voronsova Moskva davlat universiteti fundamental tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosarlaridan biri etib tayinlanganini aniqladi.

Pevchix e’lon qilgan suratda fundamental tibbiyot fakulteti ilmiy kengashi a’zolari aks etgan bo‘lib, ular orasida Voronsova Mariya Vladimirovna ham bor. «Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti, ilm-fan bo‘yicha dekan o‘rinbosari», — deyiladi Voronsovaning surati yonidagi izohda.

Fakultet saytida bunday ma’lumot yo‘q. Voronsovaning familiyasi ilmiy kengash ro‘yxatida ham, dekanat xodimlari ro‘yxatida ham yo‘q.

Mariya Voronsova — bolalar endokrinologi. 2011 yilda u Moskva davlat universiteti fundamental tibbiyot fakultetini bitirgan.

Vladimir Putinning ikkinchi qizi Katerina Tixonova ham Moskva davlat universiteti bilan chambarchas bog‘liq. U «Innopraktika» fondiga rahbarlik qiladi, MDU Murakkab tizimlar matematik tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari va MDU Sun’iy intellekt va intellektual tizimlar muammolarini istiqbolli tadqiq qilish instituti rahbari bo‘lib ishlaydi.

Mariya Voronsova va Katerina Tixonova AQSH va Yevroittifoq sanksiyalariga uchragan.

Avvalroq OAVlarda Mariya Voronsova va Katerina Tixonova Vladimir Putin bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘plab dalillar keltirilgan, ular «prezidentning ehtimoliy qizlari» deb atalgan edi. Sanksiyalar kiritilganidan keyin Kreml Voronsova va Tixonova Putinning oilasi a’zolari ekanini tan oldi, hisob.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning qizi Moskva davlat universiteti tibbiyot fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimini egalladi