10:28 / 26.02.2023
516

Salvadorda jinoiy guruh a’zolari uchun mega-qamoqxona ochildi

Salvadorda jinoiy guruh a’zolari uchun mega-qamoqxona ochildi

Salvador hukumati jinoiy guruhlarning minglab a’zolarini yangi, juda katta qamoqxonaga o‘tkazdi. Jinoyatchilikka qarshi kurash kampaniyasi doirasida ushbu mamlakatda mahbuslar soni keskin oshib ketgan edi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

«Bu ularning yangi uyi bo‘ladi, endi ular aholiga hech qanday zarar yetkaza olmaydi», deb yozdi Salvador prezidenti Noyib Bukele ijtimoiy tarmoqda.

MS-13 va MS-18 deb nomlangan jinoiy to‘daning 2 mingga yaqin a’zosi Amerika qit’asidagi eng katta qamoqxona hisoblangan 40 ming o‘rinli «Terrorchilarni saqlash markazi»ga (CECOT) o‘tkazildi.

2022 yilda Bukele Salvador kongressidagi ittifoqchilaridan zo‘ravon to‘dalar bilan bog‘liq qotilliklar ko‘paygani tufayli, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishni, fuqarolarning ba’zi konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashni so‘ragan edi. Shundan keyin jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida 64 mingdan ortiq gumondor hibsga olindi. Hibsga olish sud qarorisiz ham amalga oshirilishi mumkin, hukumat shaxsiy yozishmalardan foydalanish imkoniyatiga ega, mahbuslar esa advokat olish huquqidan mahrum qilingan.

Inson huquqlari tashkilotlari bunday siyosat tufayli begunoh odamlar ham hibsga olinayotgani, qamoqda halok bo‘layotgani haqida bong urmoqda.

Ammo Bukelening jinoiy to‘dalarga qarshi kurashi salvadorliklar tomonidan ma’qullanmoqda. Mamlakat xavfsizlik vaziri barcha jinoyatchilar ushlanmaguncha bu tadbir davom etishini ma’lum qilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Salvadorda jinoiy guruh a’zolari uchun mega-qamoqxona ochildi