01:30 / 30.06.2023
562

Germaniyaga ishlashga yuborilgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar sarson yurgani aytilmoqda

Germaniyaga ishlashga yuborilgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar sarson yurgani aytilmoqda

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh O‘zbekiston fuqarolari ishlash maqsadida Germaniyaga borib, qiyin ahvolda qolgani haqida video tarqaldi. Unda 300 ga yaqin yoshlar ishlash uchun borib sarson bo‘lib yurgani, qayerga borishini bilmay bir necha kundan beri vokzalda tunayotgani aytilgan.

Bloger Nikita Makarenko o‘zining Telegram kanalida yozishicha, ular Turon kompaniyasi tomonidan ishga yuborilgan. Har bir kishidan xizmat haqi uchun 7 00 dollardan 1 000 dollargacha olingan. Ularning aksariyati qarz-havola qilib kelgani, ishlashi lozimligi sabab ortga qaytishni xohlamayapti.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan e’lon qilingan dastlabki o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, Turon World Cooperation xususiy bandlik agentligi MCHJ vakillari o‘zlariga tanish bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 2023 yilning may—iyun oylarida Work and travel dasturi orqali Germaniyaga 102 nafar talabani jo‘natgan. Ammo Germaniyaga yetib borgan talabalarni ish bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelgan.

Vazirlik hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangani, vaziyatga huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinib, natijasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.

Shu bilan birga fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish bilan shug‘ullanish litsenziya talab etadigan faoliyat turi hisoblanishini eslatib, shunday litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari ro‘yxatini keltirib o‘tgan. Unda Turon World Cooperation xususiy bandlik agentligiga litsenziya 2020 yil 25 noyabrda berilgani ko‘rsatilgan. Tashqi mehnat migratsiya agentligi ushbu litsenziyaning amal qilish muddati 2022 yil 10 iyunda vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilgandi. 

Vazirlik xabarida qo‘shimcha qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning NoVo Agency tashkiloti hamkorligida Work and travel dasturi doirasida 2023 yilda 310 nafar talaba Germaniyaga yetib borib, ishga joylashgan, yana 39 nafarining viza olishi kutilmoqda, ushbu talabalar tomonidan bugungi kunga qadar murojaat kelib tushmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyaga ishlashga yuborilgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar sarson yurgani aytilmoqda
ePN