22:21 / 08.07.2024
182

Xitoy rahbari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori

Xitoy rahbari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori
Foto: Reuters
Rossiya—Ukraina urushida tinchlik muzokaralaridan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatishga erishish kerak. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin Pekinda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi.

Uning fikricha, xalqaro hamjamiyat Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tiklashga yordam berishi kerak.

Rossiya—Ukraina urushida o‘t ochishni to‘xtatish va undan keyingi tinchlik muzokaralari barcha jabrlanuvchi tomonlarning manfaatlariga javob beradi”, deya davlat matbuoti Xitoy rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Qayd etilishicha, Si Szinpin Ukrainada qanday sharoitlarda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirishi mumkinligi va bu jarayonda qaysi tomonlar ishtirok etishi kerakligi haqida batafsil ma’lumot bermagan. XXR rahbari buning uchun “ijobiy energiya” kerakligini ta’kidlagan.

Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘z tashabbusi bilan avval Kiyevga, keyin Moskvaga Rossiya—Ukraina mojarosini tugatishning mumkin bo‘lgan shartlarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurgandi.

Yevropa Ittifoqi Orbanning Rossiyaga tashrifini keskin tanqid qilib, u faqat Vengriya bosh vaziri vazifasini bajarishini va Moskvada hech qanday holatda YEI manfaatlarini himoya qilmasligini ma’lum qilgan.

Orbanning Pekinda Si Szinpin bilan uchrashuvi oldidan Xitoy davlat OAV yetakchilar “o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha chuqur fikr almashishi” haqida xabar bergan. Orban X ijtimoiy tarmog‘ida Xitoy Rossiya—Ukraina urushida tinchlik o‘rnatish uchun shart-sharoit yaratuvchi “asosiy kuch” ekanligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy rahbari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori
ePN