Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev jiyanining sobiq xotini Gulmira Satibaldi 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
U odam o‘g‘irlash, tovlamachilik va o‘zboshimchalikda aybdor deb topildi. Uning haydovchisi va yordamchisi Madi Batirshayev esa odam o‘g‘irlash aybi bilan to‘qqiz yilga kolonyaga hukm qilindi.
Shuningdek, Olmaota sudi Gulmira Satibaldidan jabrlanuvchi foydasiga 2,6 milliard tenge (taxminan 5 mln 393 ming dollar) miqdoridagi moddiy zarar va ma’naviy zarar uchun 10 million tenge (salkam 21 ming dollar) tovon undirdi. Madi Botirshayevdan esa 2 million tenge (4 ming 148 dollar) undirilgan. Ikkalasi ham o‘z aybiga iqror bo‘lmagan.
2011 yilda Satibaldi aksiyadorlik jamiyatining yagona aksiyadoriga birgalikda biznes yuritish taklifi bilan murojaat qilgan. Kelishuvga asosan aksiyada ishtirok etish ulushlari bo‘lingan, Satibaldi 34 foiz aksiyalarning norasmiy egasiga aylangan.
2019 yilda sudlanuvchi jabrlanuvchini 5 milliard tenge (10 mln 370 ming dollar) miqdorida pul mablag‘larini o‘g‘irlashda ayblagan. U shaxsiy yordamchi bilan oldindan til biriktirib, aksiyadorga qo‘riqchilarni tayinlagan, aloqa vositalarini tortib olgan va 165 kun davomida uning uyida noqonuniy ravishda to‘liq ijtimoiy izolyatsiya sharoitida ushlab turgan.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi jabrlanuvchini g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilgan davrda, uning va yaqin qarindoshlarining pul mablag‘lari hamda mol-mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Natijada u o‘ta yirik miqdorda — 217,9 million tenge (salkam 452 ming dollar) hajmida moddiy zarar yetkazgan.
Bundan tashqari, Satibaldi o‘zboshimchalik qilib, jabrlanuvchini o‘ziga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxslarning mol-mulki va ustav ulushlariga bo‘lgan huquqlarini qayta rasmiylashtirishga majburlab, 1,2 milliard tenge (2 mln 489 ming) miqdorida juda katta moddiy zarar keltirgan.
Bu Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotibaldaning sobiq rafiqasiga (ular 2002 yilda ajrashgan) nisbatan uchinchi hukmdir. 2023 yil may oyida sud uni o‘zboshimchalik va odam o‘g‘irlashda ayblab, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. O‘sha yilning iyun oyida u o‘zgalar mulkini talon-toroj qilgani uchun 8 yilga hukm qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»