Foto: AP Photo
Kreml Ukraina bilan hech bo‘lmaganda jangovar harakatlarni to‘xtatib turish bo‘yicha tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildiradi, biroq ular Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatini tark etgandan keyingina muzokara boshlashi mumkin. Bu haqda “Vyorstka” nashri prezident ma’muriyati va muzokaralar jarayoniga yaqin shaxslarga tayanib xabar berdi.
Kremlga yaqin manbaning ta’kidlashicha, Moskva “orqaga chekingan”dek ko‘rinmasligi uchun Rossiya Kursk viloyatida muvaffaqiyatli qarshi hujum o‘tkazishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni amalga oshirishga “vaqt imkon beradi”, chunki rejaga ko‘ra, AQSH tomonidagi muloqot Donald Tramp ma’muriyati tomonidan u 20 yanvarda lavozimga kirishganidan so‘ng nazorat qilinadi.
“Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatida ekan, muzokaralar bo‘lmaydi. Maqsad — yil oxirigacha ularni mag‘lubiyatga uchratish”, deya tasdiqlagan prezident ma’muriyatiga yaqin ikkinchi manba.
Muzokaraga tayyorgarlik jarayonidan xabardor manbaga ko‘ra, ayni damda Rossiya tomoni Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga kirishmayapti.
“Ukraina qo‘shinlari Kursk viloyati hududini tark etganidan so‘ng, aynan Putin mojaroni to‘xtatishni taklif qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina armiyasi Rossiya hududiga kirishidan avval Ukraina bilan energiya infratuzilmasiga hujumlarni taqiqlash bo‘yicha kelishuvga erishish rejasi bo‘lgan, shundan so‘ng tomonlar muzokaralarga kirishishlari mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi