17:15 / 13.11.2024
27

Boris Jonson: AQSH harbiy yordamni to‘xtatsa, Britaniya Ukrainaga qo‘shinlarini yuborishi mumkin

Boris Jonson: AQSH harbiy yordamni to‘xtatsa, Britaniya Ukrainaga qo‘shinlarini yuborishi mumkin
Arxiv foto: Reuters
AQSH Kiyevga harbiy yordamni qisqartirgan taqdirda, Buyuk Britaniya qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishi mumkin. Bu haqda Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.

Jonsonning ta’kidlashicha, Ukrainaning mag‘lubiyati Rossiyaning boshqa Yevropa davlatlariga, xususan, “Boltiqbo‘yi va Gruziyaga nisbatan tajovuzi” uchun yo‘l ochib beradi.

"Agar Ukraina yiqilsa, chegaralarimiz yonida va Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan butun Yevropa qit’asidagi demokratiyalarda katta tahdidga duch kelamiz", dedi siyosatchi.

U Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning uzoq muddatli moliyaviy afzalliklarini ta’kidlab, yordamdan voz kechish kelajakda Buyuk Britaniya uchun ancha katta xarajatlarga olib kelishini bildirdi.

"Bu haqiqatan ham davlat mablag‘larining foydali sarmoyasidir. Agar hozir yordam bermasak, keyinchalik o‘z chegaralarimizni himoya qilish uchun ancha ko‘p mablag‘ sarflashimizga to‘g‘ri keladi", dedi Jonson.

Uning ta’kidlashicha Ukraina mag‘lubiyatga uchrasa, Britaniya o‘z ittifoqchilarini himoya qilish uchun Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga kirishishga majbur bo‘ladi.

"Ehtimol, Britaniya qo‘shinlarini Ukrainani mudofaa qilish uchun yuborishimizga to‘g‘ri keladi", deya ogohlantirdi Jonson.

AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainaga nisbatan munosabati haqida gapirar ekan, Jonson Respublikachilar partiyasi ichida turli xil qarashlar mavjudligini aytdi. U respublikachilarning bir qismini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xayrixohligi uchun tanqid qildi.

Shuningdek, aynan respublikachi rahbar Kiyevga Javelin tankka qarshi raketa komplekslarini yetkazib berishga ruxsat berganini eslatdi. Mazkur komplekslar Ukraina Qurolli kuchlarining mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda muhim rol o‘ynagan.

"Bu yordamsiz Kiyev uchun jang butunlay boshqacha yakun topishi mumkin edi", dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonson: AQSH harbiy yordamni to‘xtatsa, Britaniya Ukrainaga qo‘shinlarini yuborishi mumkin