10:44 / 06.01.2025
45

Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi

Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi
Foto: AP Photo
Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlari urush tugagan yili boʻlib oʻtadi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy ma'lum qildi.

Siyosatchiga koʻra, harbiy holat tugaganidan soʻng parlamentda saylov oʻtkazish uchun ovoz berish va 90 kundan keyin uni tashkil etish mumkin boʻladi. Zelenskiy saylovlarni urush paytida ham oʻtkazish mumkinligini aytdi. Ammo buning uchun qonunchilik va ovoz berish tizimini oʻzgartirish zarur.

Bu juda mushkul boʻladi, chunki jamiyat bunga qarshi. Nima uchun jamiyat qarshi? Chunki biz ishonchli saylovlar oʻtkazilishini xohlaymiz. 8,5 million kishi chet elga chiqib ketgan.

Bu millionlab odamlarning ovoz berishi uchun infratuzilma yaratish kerak. Okkupatsiya qilingan hududlarda millionlab odamlar bor. Eng adolatsiz koʻrinadigan narsa — millionlab harbiylar ishtirokisiz ovoz berishdir. Bu imkonsiz
”, dedi Ukraina prezidenti.

Shuningdek, u ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qoʻyish-qoʻymasligini ham bilmasligini aytdi.

Bu urushning qanday yakunlanishiga bogʻliq. Bu asosan odamlarga, birinchi navbatda oilamga bogʻliq. Bizda buni muhokama qilish imkoniyati ham boʻlmadi, chunki hozir bu haqda oʻylamayapmiz”, dedi u.

Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlari 2024 yilda oʻtkazilishi kerak edi, biroq harbiy holat tufayli boʻlib oʻtmadi. Ukraina qonunchiligi urush paytida saylovlarni oʻtkazishni taqiqlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo