Qozog‘istondagi ilk Qurultoy saylovlari qiziqarli manzaralarga boy bo‘ldi (foto)

Qozog‘istondagi ilk Qurultoy saylovlari qiziqarli manzaralarga boy bo‘ldi (foto)

Qozog‘istonda yangi bir palatali parlament — Qurultoy deputatlari uchun tarixdagi ilk saylov jarayoni boshlandi. Saylov 23 avgust kuni o‘tkazilmoqda. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Astana vaqti bilan soat 07:00 da mamlakatning 20 ta hududidagi 10 363 ta saylov uchastkasida ovoz berish boshlangan.

Hududiy komissiyalar qarori bilan yana 107 ta uchastka soat 06:00 da ochildi. Bu yilgi saylov uchun jami 10 423 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, ularning 79 tasi xorijda joylashgan. Saylovchilar ro‘yxatiga esa 12 605 788 nafar fuqaro kiritilgan.

Yakshanba kuni ertalab bo‘lishiga qaramay, ayrim uchastkalarda deyarli eshiklar ochilishi bilanoq birinchi saylovchilar to‘plana boshladi.

Ovoz berish boshlanishi bilan saylov uchastkalaridagi ayrim noodatiy holatlar ham jamoatchilik e’tiborini tortmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning turli obrazlarda ovoz berishga kelgani aks etgan lavhalar tarqalmoqda.

Olmaota shahridagi №294 maktabdagi №70 saylov uchastkasida saylovchilar orasida bir vaqtning o‘zida ikkita jahon futbol yulduzi - "Messi" va "Ronaldu" ko‘rindi..

Qozog‘istondagi ilk Qurultoy saylovlari qiziqarli manzaralarga boy bo‘ldi (foto)

Astanadagi saylov uchastkalaridan birida qadimgi yunon shohi Agamemnon qiyofasidagi saylovchi paydo bo‘ldi.

Qozog‘istondagi ilk Qurultoy saylovlari qiziqarli manzaralarga boy bo‘ldi (foto)

Oqsuvdagi №511-uchastkaga yana bir taniqli qahramon - Charli Chaplin keldi.

Qozog‘istondagi ilk Qurultoy saylovlari qiziqarli manzaralarga boy bo‘ldi (foto)

№262-uchastkada bir vaqtning o‘zida qadimgi yunon tarixining bir nechta qahramonlari - Odissey, Penelopa va Telem paydo bo‘ldi.

Qozog‘istondagi ilk Qurultoy saylovlari qiziqarli manzaralarga boy bo‘ldi (foto)

Qurultoy saylovlarida mamlakat hududi yagona umummilliy saylov okrugi hisoblanadi. Qurultoy 145 nafar deputatdan iborat bo‘ladi va ular besh yil muddatga saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasi saylovchilarning ovoz berishdagi ishtiroki bo‘yicha tezkor ma’lumotlarni soat 10:00 dan boshlab har ikki soatda e’lon qilib borishini ma’lum qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar