23:44 / 21.01.2025
177

Keyt Uinslet qaysi uy hayvonidan qoʻrqishi haqida soʻzlab berdi

Keyt Uinslet qaysi uy hayvonidan qoʻrqishi haqida soʻzlab berdi
Britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet Stiven Kolber shousida sigirlarni juda qoʻrqinchli hayvonlar deb hisoblashi haqida aytib berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Keyt sigirlar haqida ancha avval turli qoʻrqinchli voqealarni eshitgan, oʻsha kundan boshlab aktrisada noodatiy fobiya paydo boʻlgan.

Sigirlardan qoʻrqish fobiyasi “bovinofobiya” (bovino — sigir, phobos — qoʻrquv) deb ataladi. Bu fobiya sigirlardan, ularning koʻrinishidan yoki ular bilan yaqinlashishdan qoʻrquvni oʻz ichiga oladi.

“Menga sigirlarning oʻzini qanday tutishni doim kuzatish va ba'zi holatlarda ehtiyot boʻlish kerak ekanligi haqida ogohlantirishgan. Masalan, agar sigir dumini silkitib, boshini chayqasa va yaqin atrofida chivinlar boʻlsa, demak, uning kayfiyati yaxshi emas, degani. Bunday vaqtda hayvon odamlar tomonga yugurib kelishi va ularga tashlanib qolishi mumkin”, dedi Uinslet.

Aktrisaning soʻzlariga koʻra, u tez-tez tabiat qoʻynida, yaylovlarda sayr qilishni hamda togʻlarga chiqishni yaxshi koʻradi. Ammo yoʻlida sigirlarga duch kelib qolishdan juda ham qoʻrqadi. Kunlarning birida aktrisa onasi bilan sayohatga chiqqan va qoramollardan biri ularning ortidan yugurgan.

“Angliyada sigirlar bilan bogʻliq juda koʻp dahshatli voqealar boʻlib oʻtgan, shuning uchun men har doim yaylovlarda hadik bilan yuraman”, deya qoʻshimcha qildi u.

Shu bilan birga, aktrisa oʻzining fobiyasini engishga harakat qilishi va ichki qoʻrquvini jilovlay olishni oʻrganishi kerakligini ham ta'kidlab oʻtdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo