Mushuk to‘rt o‘g‘rini 45 daqiqa uyga kiritmadi
1 daqiqa o'qish1.9K

Turkiyada Muchize laqabli mushuk uy egalarining yo‘qligidan foydalanib, xonadonga kirishga uringan to‘rt nafar ayolga qarshilik ko‘rsatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayollar eshikni buzib, uyga kirishga harakat qilgan. Biroq ularni xonadon ostonasida Muchize kutib olgan. Mushuk qariyb 45 daqiqa davomida ayollarga tashlanib, panjalari bilan qarshilik ko‘rsatgan va ularning uy ichiga kirishiga yo‘l qo‘ymagan.
Kutilmagan qarshilikka duch kelgan ayollar oxir-oqibat niyatidan voz kechgan. Ular xonadondan hech qanday buyumni olib chiqolmay, voqea joyini tark etgan.
Shu tariqa, xonadon egalari yo‘q paytda mushuk uyni qarovsiz qoldirmagan va o‘g‘rilikning oldi olingan.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…