
Foto: Getty images
Polsha maxsus xizmatlari mamlakatdagi 578 nafar siyosatchining telefon qoʻngʻiroqlarini tinglab kelgani ma'lum boʻldi. Bunda mamlakat Isroildan xarid qilingan Pegasus josuslik dasturiy ta'minotidan foydalangan.
Rzeczpospolita nashri ma'lumotlariga koʻra, dasturiy ta'minot dastlab Korruspyaga qarshi kurashish markaziy byurosi tashabbusi bilan sotib olingan, ammo keyinchalik olingan ma'lumotlardan Ichki xavfsizlik agentligi (IXA), Harbiy kontrrazvedka xizmati (HKX) va politsiya ham foydalanishga oʻtgan.
Shu bilan birga, IXA va HJX antikorruptsiya byurosiga Pegasus yordamida olingan ma'lumotlardan foydalangani uchun pul toʻlagan. Harbiy kontrrazvedka ma'lumotlar uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosiga har yili qariyb 1 million dollar oʻtkazib bergan.
Nashrning qayd etishicha, polshalik siyosatchilar toʻgʻrisida olingan ma'lumotlarning bir qismi Isroilga topshirilgan ham boʻlishi mumkin.
2025 yil oʻrtalarida ushbu josuslik dasturiy ta'minotidan foydalanishni tergov qilayotgan davlat komissiyasi faoliyati toʻxtatilishi mumkin, chunki u bir yil davomida deyarli hech qanday aniq ma'lumotlarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlmagan.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yilning aprelida Ispaniya Oliy sudi Isroilning NSO Group kompaniyasining Pegasus josuslik dasturidan foydalangan holda bosh vazir Pedro Sanches va boshqa ispan siyosatchilarining telefonlari buzib kirilgani ehtimoli boʻyicha tergovni qayta boshlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar