LightSpy josuslik dasturi 13 davlatda, jumladan AQShda aniqlandi

2 daqiqa o'qish143
LightSpy josuslik dasturi 13 davlatda, jumladan AQShda aniqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xitoy bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan LightSpy josuslik dasturi AQSh va Yevropa davlatlarini ham qamrab olgan 13 ta mamlakatdagi qurbonlarni nishonga olgani aniqlandi.
  • Dastur smartfonlar, Apple mahsulotlari, Linux serverlari va Windows shaxsiy kompyuterlaridan joylashuv ma'lumotlari, chat xabarlari, ekran yozuvlari hamda saqlangan parollarni o'g'irlashi, shuningdek, qurilmalardagi barcha ma'lumotlarni masofadan turib o'chirishi mumkin.

Xitoy bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan LightSpy josuslik dasturi oʻz geografiyasini kengaytirib, AQSh va Yevropa davlatlarini ham oʻz ichiga olgan 13 ta mamlakatdagi qurbonlarni nishonga ola boshladi. Mutaxassislar ushbu xavfli dastur nafaqat maʼlumotlarni oʻgʻirlash, balki qurilmalarni masofadan turib butunlay ishdan chiqarish imkoniyatiga egaligini aniqlashdi. Bu haqda ixbt.com xabar bermoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Arctic Wolf kompaniyasi tadqiqotchilarining maʼlumotiga koʻra, LightSpy ilk bor 2018-yilda topilgan boʻlib, dastlab Xitoy davlati koʻmagidagi guruhlar bilan bogʻlangan. Biroq vaqt oʻtishi bilan u hukumatlar, yirik korxonalar va harbiylarga xizmat koʻrsatuvchi yagona tahdid subyekti tomonidan boshqariladigan tijoriy josuslik platformasiga aylangan. Mazkur platforma oʻz mijozlari uchun maxsus brending, toʻlov tizimlari va hatto reklamalarni ham taqdim etishi maʼlum boʻldi.

Keng qamrovli hujumlar va yangi nishonlar

LightSpy modulli josuslik platformasi boʻlib, u tajovuzkorlarga turli turdagi qurilmalarga, jumladan smartfonlarga, Apple mahsulotlariga, Linux serverlariga hamda Windows shaxsiy kompyuterlariga hujum qilish imkonini beradi. Maxsus zaifliklardan foydalangan holda, dastur aniq joylashuv maʼlumotlari, chat xabarlari, ekran yozuvlari va saqlangan parollarni oʻgʻirlashi mumkin.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, dasturiy taʼminot kodi buzib kirilgan qurilmadagi barcha maʼlumotlarni masofadan turib oʻchirib tashlash va yoʻq qilish funksiyasiga ham ega. Eng muhimi, LightSpy tarixda ilk bor routerni ham zararlagani qayd etildi. Routerni nazorat qilish orqali xakerlar shu tarmoqqa ulangan boshqa istalgan qurilmaga kirish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Zararlangan routerlarning ayrimlari esa NATO aʼzo davlatlariga tegishli ekani aniqlangan.

Tergov va fosh etilish jarayoni

Arctic Wolf maʼlumotlariga koʻra, LightSpy butun dunyo boʻylab bir nechta mamlakatlarda kamida 117 ta serverdan iborat tarmoqni boshqarib kelmoqda. Mutaxassislar ushbu faoliyatni Xitoy pudratchisi bilan bogʻlashga muvaffaqlishdi. Bunga josuslik dasturining operatorlaridan biri LightSpy administrator panelidan foydalangan holda oʻzining haqiqiy ismi va ishxona manzili bilan Kentucky Fried Chicken restoranidan buyurtma bergani sabab boʻlgan.

Mazkur holat kiberjosuslik nafaqat davlat darajasidagi maxfiy operatsiyalar, balki xususiy sektor va tijorat bozorida ham keng tarqalib borayotganini koʻrsatadi. Mutaxassislar foydalanuvchilarga oʻz tarmoqlari va qurilmalarining xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirishni tavsiya qilmoqdalar.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?