date
views 213

Istanbulda Rossiya va AQSH muzokaralari yakunlandi — diplomatik munosabatlarda siljish bo‘ladimi?

Istanbulda Rossiya va AQSH muzokaralari yakunlandi — diplomatik munosabatlarda siljish bo‘ladimi?
Istanbulda Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida diplomatik missiyalar faoliyatini normallashtirish masalalari yuzasidan maslahatlashuvlarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar 5,5 soat davom etdi va yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.

TASS ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar Rossiya bosh konsulxonasida tashkil etilgan bo‘lib, Amerika delegatsiyasi uchrashuv yakunida binodan birinchi bo‘lib chiqib ketgan.

Qaysi delegatsiyaga kim rahbarlik qildi?

Rossiya delegatsiyasiga RFning AQSHdagi elchisi Aleksandr Darchiyev boshchilik qilgan bo‘lsa, AQSH delegatsiyasiga davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Sonata Kolter rahbarlik qildi.

Tomonlar muzokaralar yakunida ommaviy axborot vositalariga izoh bermaslikka qaror qilgan. Uchrashuv natijalari keyinroq mamlakatlarning tashqi siyosiy idoralari orqali e’lon qilinishi kutilmoqda.

Muzokaralarda qanday masalalar ko‘tarildi?

Rossiya tomoni muzokaralar doirasida avval tortib olingan diplomatik mulkni qaytarish va to‘xtatilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklash masalalarini ko‘tarishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi uchrashuv oldidan tomonlar diplomatlar faoliyatini qiyinlashtiruvchi texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishni davom ettirishini ma’lum qilgan edi.

Eslatma:
27 fevral kuni ham Istanbulda shunga o‘xshash muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda AQSH delegatsiyasi ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari faoliyatini normallashtirish uchun aniq qadamlar belgilab olinganini aytgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda Rossiya va AQSH muzokaralari yakunlandi — diplomatik munosabatlarda siljish bo‘ladimi?