
Time jurnali 2025 yil uchun an’anaviy “100 Most Influential People” — dunyodagi eng nufuzli 100 shaxs ro‘yxatini e’lon qildi. Bu yilgi tanlovda siyosatdan tortib san’at, fan va texnologiya sohalarigacha keng qamrovli shaxslar qamrab olingan. Ro‘yxatdagi shaxslar olti yo‘nalish bo‘yicha toifalangan.
Yetakchilar:
AQSH prezidenti Donald Tramp, vitse-prezident Jey Di Vens, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Argentina rahbari Xaver Miley, Germaniya kansleri bo‘lishi kutilayotgan Fridrix Mers, Suriyaning muvaqqat rahbari Ahmad ash-Shara’a hamda Ilon Mask va savdo vaziri Govard Lyutnik kabilar shular jumlasidan.
Time nashrida Tramp haqida yozilgan maqolada:
"Hech bir zamonaviy prezident AQSH hukumatini unchalik qat’iyat bilan nazoratga olmagan. Grenlandiyani bosib olish g‘oyasi va Ukrainaga yordamni to‘xtatish tahdidlari ittifoqchilarni hali ham xavotirga solmoqda," — deyiladi.
Titanlar:
Serena Uilyams, Simona Bayls va Mark Sukerberg bu nominatsiyadan joy oldi.
San’atkorlar:
Qo‘shiqchi Ed Shiran va aktrisa Skarlett Yoxansson Time ro‘yxatida “Artisans” toifasida qayd etilgan.
Ikonlar:
2025 yil “Oltin globus” sohibasi Demi Mur, “Oskar” g‘olibi Adrian Brodiy, “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan Xiroyuki Sanada, ABC jurnalisti Devid Myur, yozuvchi Rakel Uillis kabilar “Icons” toifasini to‘ldirgan.
Innovatorlar:
CGIAR tashkiloti rahbari Ismohane Elouafi, reper Snoop Dogg, aktrisa Nikki Glazer, astronom Vendi Fridman kabi ijodkorlar va olimlar ushbu yo‘nalishda o‘z o‘rnini egalladi.
Pionerlar:
Nobel mukofoti sohibasi Demis Hassabis, Blackpink guruhining yulduzi Rose (Park Jae-yong), “Stargazing” qo‘shig‘i bilan tanilgan Mayls Smit va tadbirkor Endryu Forrest bu toifada Time e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Time jurnalining ushbu ro‘yxati yil davomida dunyoda eng katta ta’sir o‘tkazgan shaxslarning faoliyati va ta’sir doirasini e’tirof etish maqsadida tuziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar