Dunyoning "eng ta’sirli" yahudiylari reytingi e’lon qilindi

Dunyoning "eng ta’sirli" yahudiylari reytingi e’lon qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • The Jerusalem Post 2026 yil uchun dunyoning eng ta’sirli 50 nafar yahudiysi reytingini e’lon qildi, bu ro‘yxatga siyosat, biznes, texnologiya va boshqa sohalardagi ta’sirli shaxslar kiritilgan.
  • Reytingda birinchi o‘rinni AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va qizi Ivanka Tramp egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, uchinchi o‘rinni esa Isroilning sobiq harbiy rahbari Gadi Ayzenkot band etgan.

The Jerusalem Post 2026 yil uchun dunyoning eng ta’sirli 50 nafar yahudiysi reytingini e’lon qildi. «50 Most Influential Jews» nomli ro‘yxatga siyosat, biznes, texnologiya, OAV va boshqa sohalarda katta ta’sirga ega bo‘lgan shaxslar kiritilgan.

Reytingning birinchi pog‘onasidan AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va qizi Ivanka Tramp joy oldi. The Jerusalem Post ularni garovga olinganlarni ozod qilish va uyiga qaytarish borasidagi faoliyati bilan alohida qayd etgan.

Ikkinchi o‘rinni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu egallagan. Nashr uning Isroil siyosati va mamlakat kelajagiga katta ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.

Uchinchi pog‘onaga Isroilning sobiq harbiy rahbari va siyosatchisi Gadi Ayzenkot joylashtirilgan. Nashr uni Isroilning ehtimoliy bo‘lajak bosh vazirlaridan biri sifatida ko‘rsatgan.

Texnologiya sohasi vakillari orasida OpenAI rahbari Sem Altman va Meta asoschisi Mark Sukerberg ham yuqori o‘rinni egallagan. Ular birgalikda 9-o‘ringa qo‘yilgan. The Jerusalem Post ularni sun’iy intellekt rivojiga ta’sir ko‘rsatayotgan texnologiya yetakchilari sifatida ta’riflagan.

Reytingda BlackRock rahbari Larri Fink 11-o‘rinni, milliarder investor Bill Akman 16-o‘rinni, Oracle hammuassisi Larri Ellison 17-o‘rinni, Google hammuassisi Sergey Brin esa 18-o‘rinni egallagan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 21-o‘ringa joylashtirilgan. Nashr Zelenskiyni Rossiya bosqinidan keyin Ukrainadagi qarshilik ramziga aylangan siyosatchi sifatida ta’riflagan. Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum esa reytingda 25-o‘rinni egallagan.

Ro‘yxatning 50-o‘rnidan esa isroillik sportchilar Deni Avdiya, Mett Tyorner, Zak Xayman, Oskar Glux va Daniel Peres joy olgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar