
Erondagi mavjud siyosiy tuzumga qarshi intilishlar yana jonlanmoqda. Eronning oxirgi shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning o‘g‘li — valiahd Rizo Pahlaviy xalqqa murojaat qilib, fuqarolarni ommaviy qarshilikka chaqirdi. U o‘z nutqida hozirgi diniy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiyni tanqid qilib, uni «qo‘rqib ketgan sichqon» deb atadi va hukumat nazoratni yo‘qotganini ta’kidladi.
— Oyatulloh Xomanaiy yer ostiga yashirinib, voqealar ustidan nazoratni to‘liq qo‘ldan boy berdi. Bu harakat endi ortga qaytmaydi. Biz umumiy qo‘zg‘olon bilan rejimni to‘xtatishimiz kerak, — dedi Pahlaviy.
Rizo Pahlaviy — 1979-yildagi Islom inqilobigacha taxt vorisi bo‘lgan shaxs. Inqilobdan so‘ng oilasi bilan mamlakatni tark etib, hozirda xorijda istiqomat qiladi. U so‘nggi yillarda Erondagi inson huquqlari buzilishi, iqtisodiy tanazzul va siyosiy repressiyalar borasida rejimni doimiy ravishda tanqid qilib keladi.
Pahlaviyning bu galgi chiqishi mamlakatdagi o‘nlab yillik norozilik kayfiyatiga yanada kuch qo‘shishi mumkin. Uning chaqiruvi dunyo hamjamiyati diqqat markazida ham turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda so‘nggi vaqtlarda siyosiy beqarorlik, iqtisodiy inqiroz va tashqi tahdidlar sabab tobora ko‘proq norozilik ovozlari yangramoqda. Pahlaviy esa ana shu ovozlarni birlashtirishga intilmoqda.
Mahalliy kuzatuvchilar fikricha, Rizo Pahlaviyning chiqishlari Eron jamiyatidagi muqobil siyosiy kuchlarni faollashtirishi va yangi bosqichdagi kurashga turtki bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar