Mojtaba Xomanaiyning ilk videosi tarqaldi: u qayerda?(video)

2 daqiqa o'qish312
Mojtaba Xomanaiyning ilk videosi tarqaldi: u qayerda?(video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Eronda oliy rahnamo Mojtaba Xomanaiy aks etgan ilk video 8 avgust kuni Mehr axborot agentligi tomonidan e'lon qilindi.
  • Videoda u bir guruh shaxslar bilan suhbatlashayotgani ko'rinadi, biroq tasvir qachon va qayerda olingani, undagi shaxslar kim ekani ochiqlanmagan.
  • Video Mojtaba Xomanaiyning salomatligi va qayerdaligi haqidagi taxminlarga javob sifatida tarqatilgan bo'lishi mumkin.

Eronda mamlakat oliy rahnamosi Mojtaba Xomanaiy aks etgan ilk video e’lon qilindi. Tasvir Mehr axborot agentligi tomonidan tarqatilgan.

8 avgust kuni ommaga taqdim etilgan videoda Mojtaba Xomanaiy bir guruh shaxslar bilan suhbatlashayotgani ko‘rinadi. Biroq kadrlar qachon va qayerda tasvirga olingani, shuningdek, unda ishtirok etayotgan shaxslarning kim ekaniga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Mazkur video Mojtaba Xomanaiyning salomatligi haqida so‘nggi vaqtlarda paydo bo‘layotgan turli taxminlarga javob sifatida e’lon qilingan bo‘lishi mumkin. U 28 fevral kuni AQSH va Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan otasi — Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘rnini egallagan edi.

Shundan beri Mojtaba Xomanaiy omma oldida deyarli ko‘rinmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u hujumlar paytida jarohat olgan bo‘lishi va xavfsizlik choralari sabab ommadan uzoqda qolgan bo‘lishi mumkin.

U iyul oyida otasining dafn marosimida ham ishtirok etmagan. Marosimda Xomanaiyning uch o‘g‘li — Mustafo, Meysam va Mas’ud ko‘rinish bergan. Marhum rahnamo esa 10 iyulga o‘tar kechasi Imom Rizo maqbarasida dafn etilgan.

Ayni paytda AQSH va Isroil razvedka xizmatlari Mojtaba Xomanaiyning qayerdaligini, shuningdek, uning tirik yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilayotgani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, oliy rahnamo taxminan 150 kundan beri telefon va kompyuterdan foydalanmagan hamda maxfiy boshpanada yashirinib kelmoqda.

“Mossad” bo‘limining sobiq rahbari Rami Igra ham Mojtaba Xomanaiy aloqa vositalaridan foydalanmasligi mumkinligini bildirgan. Uning aytishicha, bunday vaziyatda xabarlarni yetkazish uchun boshqa usullar, jumladan, kichik qog‘oz parchalaridan foydalanish ehtimoli bor.

Igraning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati oliy rahnamoga axborot yetkazishda ko‘p bosqichli kurerlar tarmog‘idan foydalanishi mumkin. Bunda kurerlar maktub yoki xabarning mazmunini bilmaydi, balki uni bir shaxsdan boshqasiga yetkazish bilan cheklanadi. Uning ta’kidlashicha, Xomanaiy bilan bevosita aloqada bo‘lgan shaxs orqali ma’lumot olish eng real yo‘llardan biri bo‘lishi mumkin. Biroq rahnamo atrofidagi har bir shaxs qattiq tekshiruvdan o‘tkaziladi.

7 avgust kuni Isroil ommaviy axborot vositalari Mojtaba Xomanaiy “o‘ta og‘ir ahvolda” ekani haqida xabar tarqatgan edi. Shuningdek, uning hozirgi joylashuvi va mamlakatni boshqarish imkoniyati ham shubha ostiga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, Mojtaba Xomanaiyning videomurojaati yoki ovozli xabarlari ommaga taqdim etilmaganiga qaramay, uning nomidan turli bayonotlar Eron davlat axborot agentliklari orqali tarqatilmoqda.

Yangi video esa Mojtaba Xomanaiyning ahvoli va qayerdaligi atrofidagi savollarga oydinlik kiritishga urinish sifatida qaralmoqda. Biroq tasvirning qachon va qayerda olingani ochiqlanmagani sababli, uning mazmuni bo‘yicha hozircha turli savollar saqlanib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?