Mujtabo Xomanaiy: “Ali Xomanaiy va boshqa qurbonlar uchun qasos olinadi”

Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan sobiq Oliy rahbar Ali Xomanaiy hamda boshqa eronliklarning o‘limi javobsiz qolmasligini ma’lum qildi.
Fars axborot agentligi xabariga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiyning murojaati Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) tomonidan e’lon qilingan. Unda qasos olish Eron xalqining qat’iy talabi ekani ta’kidlangan.
“Biz ushbu urushlarda halok bo‘lgan barcha shahidlarning qoni uchun aybdorlarni jazolashga qasamyod qilamiz. Bu Eron xalqining irodasi va u albatta amalga oshadi”, — deyiladi bayonotda.
Mujtabo Xomanaiyning ta’kidlashicha, bu masala ayrim shaxslar bilan bog‘liq emas va Eron o‘z maqsadidan voz kechmaydi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur bayonot Ali Xomanaiyning dafn marosimi munosabati bilan tayyorlangan murojaatdan olingan bo‘lib, unda halok bo‘lganlar uchun javob qaytarilishi yana bir bor ta’kidlangan.






























Izohlar 0
…