
Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat ortidan Eron nafaqat mudofaa, balki iqtisodiy strategiyalarini ham jadal tarzda faollashtirmoqda. Bloomberg agentligi tergoviga ko‘ra, Eron neftini imkoniyat boricha qisqa fursatda eksport qilib, ehtimoliy xavflarni oldindan yumshatishga harakat qilmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, hozirda mamlakat portlaridan neft katta hajmda tankerlarga yuklanib, tez-tez xorijga yo‘l olmoqda. Ko‘pchilik tahlilchilar bu harakatlarni Eronning ehtimoliy Isroil zarbasiga tayyorgarlik deb baholamoqda — agar Isroil eksport infratuzilmasiga zarba bersa, kutilgan zararni qisman kamaytirish niyati bor.
Shuningdek, mamlakatning eng muhim eksport nuqtalaridan biri bo‘lgan Charx orolidagi terminalda xom neft zaxiralari jiddiy ravishda to‘ldirilmoqda. Buni TankerTrackers platformasining hammuassisi Samir Madani ham sputnik suratlari orqali tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi kunlarda rezervuarlar deyarli to‘liq bo‘lib, bu — Eron dunyo bozoriga ko‘proq neft yetkazib berishga shoshayotganidan dalolatdir.
Bloomberg yozganicha, Charx orolidagi rezervuarlar maxsus plavavchi qopqoqlar bilan jihozlangan bo‘lib, ularning qopqoq soyalari zaxiralar darajasini baholash imkonini beradi. 11 iyunda olingan suratlarda rezervuarlar to‘liq to‘ldirilmagan ko‘ringan bo‘lsa, 18 iyunga kelib — bir hafta ichida — ular to‘ldirilgan holda aks etgan.
Qizig‘i shundaki, Planet Labs tomonidan olingan suratlar mahalliy vaqt bilan soat 14:40 da, quyosh ostida bir xil sharoitda tushirilgan. Demak, soyalar yo‘qolishi zaxira to‘ldirilgani bilan bog‘liq, tabiiy yorug‘lik emas.
TankerTrackers ma’lumotiga ko‘ra, 13 iyundan boshlangan besh kun mobaynida Eron kunlik o‘rtacha 2,33 million barrel neft eksport qilgan — bu 2024 yildagi o‘rtacha miqdordan 44% ko‘p.
Samir Madani shunday deydi:
“Bu aniqki — Eron bugungi sharoitdan unumli foydalanib, imkoni boricha ko‘proq barrelni chetga chiqarishga harakat qilmoqda”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar