date

Trampning keskin tanlovi: Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi 6 ta bandga qisqartirildi

Trampning keskin tanlovi: Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi 6 ta bandga qisqartirildi

AQSH prezidenti Donald Tramp "Air Force One" bortida OAV vakillariga bergan intervyusida Ukrainaga oid tinchlik konsepsiyasi 28 ta banddan 22 tagacha qisqartirilganini rasman e’lon qildi. U bu bilan avvalgi xabarlardagi 19 bandga qisqartirildi degan ma’lumotlarga oydinlik kiritdi.

"Reja emas, konsepsiya edi"

Jurnalistlar Trampdan ayrim respublikachilarning dastlabki loyiha Rossiya uchun juda qulay ekanligi haqidagi e’tirozlariga javob berishni so‘rashdi. Tramp bunga javoban:

«Bu yakuniy reja emas, balki dastlabki tushuncha (konsepsiya) edi. Muzokarada 28 band ko‘rib chiqildi va uni 22 tagacha qisqartirishdi. Ko‘p bandlar bo‘yicha juda yaxshi yechimlar topildi. Endi natijasini ko‘ramiz», – dedi.

Hududlar haqida ochiq talab

Tramp Ukraina Rossiyaga hududlar borasida yon berishi zarurligini yana bir bor qat’iy ta’kidladi. U frontdagi og‘ir vaziyatni misol qilib ko‘rsatib, Kiyevni keskin tanlov oldiga qo‘ydi:

«Hammasi bir yo‘nalishda ketyapti. Yoki siz 50–60 ming odamni yana yo‘qotib, urushni davom ettirmoqchimisiz? Yoxud hozir yechim topmoqchimisiz?»

Moskvaga yuqori martabali safar

Qo‘shma Shtatlar prezidentining aytishicha, maxsus vakili Stiven Uitkoff kelasi hafta Moskvaga safar qilib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Shuningdek, muzokaralarda ishtirok etayotgan uning kuyovi Jared Kushner ham poytaxtga safar qilishi mumkinligini bildirdi. Avvalroq, ABC News bu loyihadan Ukraina Qurolli Kuchlari sonini qisqartirish va to‘liq amnistiya haqidagi bahsli bandlar chiqarib tashlanganini yozgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Trampning keskin tanlovi: Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi 6 ta bandga qisqartirildi