17:51 / 31.05.2015
7 365

Tailanddagi ikki portlash natijasida 11 kishi jabrlandi

Tailanddagi ikki portlash natijasida 11 kishi jabrlandi

Tailandning Pattani viloyatida ikkita bomba portladi. Bu haqda Bangkok Post'ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Birinchi portlash 30 may, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 22:10da yuz berdi. Harbiylar ketayotgan yuk mashinasi minani bosishi natijasida 21-26 yosh oralig‘idagi etti kishi jabrlandi.

Yarim tunda esa dastlabki hodisa yuz bergan joy yaqinida ikkinchi portlash yuz berdi, bu vaqtda hududga portlovchi uskunalar bo‘yicha mutaxassislar etib kelgandi. Hodisa natijasida to‘rt kishi jabrlandi, bir kishi halok bo‘ldi.

Yuz bergan hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailanddagi ikki portlash natijasida 11 kishi jabrlandi