Braziliyada sobiq xotinini besh kun asirlikda majburan saqlagan erkak qo‘lga olindi

Braziliyada 24 yoshli Emiliane Tamara sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan besh kun davomida ijaraga olingan uyda majburan ushlab turilgani aytilmoqda. Ayol politsiya tomonidan qo‘l-oyoqlari bog‘langan va dori ta’sirida bo‘lgan holatda topilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Emiliane Braziliya shahri yaqinidagi uyda yopiq xonada saqlangan. Uning aytishicha, sobiq eri Aylton Rodriges uni majburan ushlab turgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, erkak:
uning qo‘l-oyoqlarini bog‘lagan;
og‘ziga kislotaga namlangan matoni tiqqan;
majburan dori vositalari bergan. Huquq-tartibot idoralari gumondorni u yaqinda sotib olgan avtomobili orqali aniqlagan. Politsiya uning manzili va boshqa raqamli ma’lumotlarni tekshirib, jabrlanuvchi saqlanayotgan joyni aniqlagan.
Gumondor qochishga uringan, biroq uzoq davom etgan ta’qibdan so‘ng qo‘lga olingan. U advokati kelguniga qadar ayolning qayerdaligini aytishdan bosh tortgan.































Izohlar 0
…