Xitoyda erkak xotinini quchoqlashi oqibatida uning beshta qovurg‘asi sindi (video)

Xitoyda erkak xotinini quchoqlashi oqibatida uning beshta qovurg‘asi sindi (video)

Xitoyning Szyansu provinsiyasida erkak xotinini quchoqlashi oqibatida ayolning beshta qovurg‘asi sinib, yana bittasi darz ketgan. Shifokorlar bunga ayolda aniqlangan og‘ir osteoporoz sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Bu haqda The times of India xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol turmush o‘rtog‘iga sovqatayotganini aytgan. Shundan so‘ng Van familiyali erkak uni quchoqlagan. Shu payt u suyak singaniga o‘xshash ovozni eshitgan, ayol esa kuchli og‘riqdan bukchayib qolgan.

Dastlab ayol jarohatini jiddiy deb o‘ylamagan va ertasi kuni shifoxonaga murojaat qilgan. Kompyuter tomografiyasi tekshiruvida uning beshta qovurg‘asi singani, yana bittasi darz ketgani aniqlangan. Shifokorlar jarrohlik amaliyoti zarur emasligini aytib, dori-darmon, og‘riqni kamaytiruvchi muolajalar va dam olishni tavsiya qilgan.

Shifokorlarning tushuntirishicha, ayolda suyaklarni mo‘rtlashtiradigan og‘ir osteoporoz bo‘lgan. Shu sababli odatdagi jismoniy bosim ham qovurg‘alarning sinishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

Ayolning turmush o‘rtog‘i uning vazni 45–50 kilogramm atrofida ekanini, tez-tez parhez tutishi va ovqatlanishni cheklashini aytgan. Shuningdek, u quyosh nurida kam bo‘lishi ham ma’lum qilingan.

Mutaxassislar, ayniqsa, osteoporoz bilan kasallangan insonlarni quchoqlashda ehtiyot bo‘lish, ko‘krak qafasini qattiq siqmaslik va odamni keskin ko‘tarib yubormaslik kerakligini ta’kidlagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar