Chiqindi yig‘ib yurgan 71 yoshli erkak o‘zi bilmagan holda hisobida 63 ming dollar borligini bildi

Chiqindi yig‘ib yurgan 71 yoshli erkak o‘zi bilmagan holda hisobida 63 ming dollar borligini bildi

Xitoyda 20 yildan ortiq vaqt davomida qayta ishlanadigan chiqindilarni yig‘ib kun kechirgan 71 yoshli erkakning hayotida kutilmagan voqea yuz berdi. U bank hisobida yillar davomida yig‘ilib kelgan 63 ming dollar mablag‘ borligini bilmagan.

Erkak 2000 yillarning boshlarida qariyb 30 yil ishlagan davlat do‘konidagi ishidan ayrilgan. Shundan so‘ng moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, qarzga botgan va yaqinlari bilan aloqalari uzilgan. U tashlandiq binoda yashab, chiqindi yig‘ish orqali kun kechirgan.

2024 yilda ijtimoiy xizmat xodimlari erkakka yordam berishni boshlagan. Hujjatlarni tiklash jarayonida uning 2015 yildan buyon pensiya olib kelgani, biroq ushbu mablag‘lardan umuman foydalanmagani aniqlangan.

Natijada yillar davomida pensiya hisobida 63 ming dollarga yaqin mablag‘ to‘planib qolgan.

Endilikda erkak kutilmagan jamg‘armasining bir qismini kvartira ijarasiga sarflashni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘ unga uzoq yillik og‘ir hayotidan keyin ancha qulay sharoitda yashash imkonini beradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar