Ayollar uchun pensiya yoshi yana oshiriladi: yangi tartib

Ayollar uchun pensiya yoshi yana oshiriladi: yangi tartib

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab Ozarbayjonda ayollar uchun pensiya yoshi yana olti oyga oshirilib, 65 yoshga yetkaziladi. Shu tariqa mamlakatda erkaklar va ayollar uchun pensiya yoshi bir xil darajaga keltiriladi.

Mamlakatning «Mehnat pensiyalari to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, ayollarning pensiya yoshi 2017 yil 1 iyuldan 2027 yil 1 iyulgacha har yili bosqichma-bosqich, olti oydan oshirib borilmoqda. Erkaklar uchun ushbu jarayon esa 2021 yil 1 iyulda yakunlangan va pensiya yoshi 65 yosh etib belgilangan.

Qonunchilikka ko‘ra, yoshga doir mehnat pensiyasini olish huquqi pensiya yoshiga yetgan hamda shaxsiy sug‘urta hisobvarag‘ida yetarli pensiya kapitali to‘plangan fuqarolarga beriladi. Agar pensiya kapitali yetarli bo‘lmasa, kamida 25 yillik sug‘urta staji talab etiladi.

Mehnat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarga esa yoshga doir ijtimoiy nafaqa tayinlanadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab uning miqdori 220 manatni, eng kam mehnat pensiyasi esa 320 manatni tashkil etmoqda. Shuningdek, yoshga doir pensiya umrbod tayinlanadi.

Ma’lumot uchun, ayollar uchun pensiya yoshining avvalgi oshirilishi 2025 yil 1 iyuldan amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda u 64 yoshu 6 oy etib belgilangan edi.

Qiyos uchun, O‘zbekistonda amaldagi qonunchilikka muvofiq, ayollar uchun umumiy pensiya yoshi 55 yosh etib belgilangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar