
AQShning Arizona shtatidagi Finiks shahrida yashovchi erkak itini shaqildoq ilondan qutqarish uchun ilonga o‘zini chaqtirdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
62 yoshli Maykl Siburg (Michael Seaburgh) hovlisidagi basseynni tozalayotganda g‘alati ovozni eshitdi. Ilon tozalash asboblarining tagiga yashiringan edi. Mayklning iti g‘alati tovush kelayotgan joyga yugurib borib, tozalash asboblarining tagiga burnini tiqdi. Shu payt itga tashlangan ilonni Maykl qo‘li bilan to‘sdi, oqibatda ilon uni chaqdi. Unga birinchi yordam ko‘rsatildi, ayni paytda Mayklning hayoti xavf ostida emas.
Amerikada har yili shaqildoq ilon 15 mingga yaqin uy hayvonlarini chaqadi. 80 foiz holatda ularni qutqarishning iloji bo‘lmaydi. Odamlar uchun shaqildoq ilonning zahri xavfli emas. Agar odam ikki soat mobaynida zaharga qarshi dorini ichsa, hech narsa qilmaydi. Bir foiz holatdagina shaqildoq ilonning zahri odamni o‘ldirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar