AQSHda samolyot halokati oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish5
AQSHda samolyot halokati oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

AQSHning Arizona shtatida, «Katta Kanon» milliy bog‘ining Shimoliy chekkasi yaqinida kichik samolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatida bortdagi uch kishining barchasi halok bo‘ldi. Bu haqda AQSH Milliy bog‘lar xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Piper PA-24 Comanche rusumli samolyot 15 noyabr kuni kechqurun halokatga uchragan. Uning bortida uch kishi bo‘lgan. Samolyot yo‘qolgani haqida shu kuni soat 23:30 atrofida Grand Canyon mintaqaviy aloqa markaziga xabar kelib tushgan. Havo kemasining oxirgi qayd etilgan joyi Shimoliy chekkadagi Basin hududi bo‘lgan.

Qidiruv ishlari 16 noyabr kuni tongda boshlangan. Arizona jamoat xavfsizligi departamenti samolyotni havodan qidirishda infraqizil tasvirlash va tungi ko‘rish uskunalaridan foydalangan. Shu kuni soat 10:15 atrofida Milliy bog‘lar xizmati xodimlari samolyot qoldiqlari va uning parchalarini Basin hududidan topgan. Rasmiylar bortda omon qolganlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlarida Arizona jamoat xavfsizligi departamenti, Kokonino va Keyn okruglarining qidiruv-qutqaruv guruhlari hamda AQSH Harbiy-havo kuchlarining qutqaruv operatsiyalarini muvofiqlashtirish markazi ishtirok etgan.

Halokat sabablarini AQSH Transport xavfsizligi milliy kengashi Milliy bog‘lar xizmati ko‘magida o‘rganmoqda. Halok bo‘lganlarning shaxsi hozircha oshkor etilmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?