Ilon uchta golf to‘pini yutib yubordi

Ilon uchta golf to‘pini yutib yubordi

AQSHning Texas shtatidagi San-Antonio shahrida veterinarlar juda g‘ayrioddiy holatga duch kelishdi. Ilon qanday qilibdir uchta golf to‘pini yutib yuborgan va natijada ularning barchasi uning tanasi ichida qolib ketgan.

G‘alati holatdan so‘ng ilon shoshilinch ravishda hayvonlar shifoxonasiga olib kelindi. Mutaxassislar oldida esa to‘plarni ilonga zarar yetkazmasdan chiqarib olishdek murakkab vazifa paydo bo‘ldi.

Veterinarlar operatsiya o‘tkazmasdan muammoni hal qilishga qaror qildi. Buning uchun ilonga kuchli sedativ dori berildi va u chuqur tinchlantirildi. Shundan so‘ng mutaxassislar golf to‘plarini uning tanasi ichida ehtiyotkorlik bilan harakatlantirib, ularni qo‘lda chiqarib olishdi. Bu haqda Need To Know xabar berdi.

Eng hayratlanarlisi, uchala golf to‘pi ham muvaffaqiyatli olib chiqildi va ilonga jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga ehtiyoj qolmadi.

G‘ayrioddiy qutqaruv jarayoni AQSHning Texas shtati San-Antonio shahridagi South Texas Avian & Exotic Hospital shifoxonasida amalga oshirilgan. Unga oid videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, tezda shov-shuvli kontentga aylandi.

22 sentyabr kuni internetga joylangan video qisqa vaqt ichida besh milliondan ortiq marta ko‘rildi. Kadrlarni tomosha qilgan foydalanuvchilar esa ilon uchta golf to‘pini qanday qilib yutib yuborganiga hayron qolishdi.

Ayrimlar voqeaga hazil bilan munosabat bildirdi. Bir kishi ilon to‘plarni tuxum deb o‘ylagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Yana bir foydalanuvchi esa veterinarlarga minnatdorchilik bildirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar