Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning ma’lum qilishicha, KXDR aholisi tashqaridan o‘tkazilayotgan bosimga bardosh bermoqda. Bu haqda davlat rahbari Samchjiyon uyezdidagi qurilish uchastkasiga tashrif buyurgan paytda xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib.
“Hozirda bizning sotsializmning taraqqiyoti yo‘lida dushman kuchlari sanksiyalari va bosimi tufayli jiddiy to‘siqlar paydo bo‘lmoqda, lekin partiya chaqirig‘i bilan yuzaga kelgan xalqning ko‘tarinki kayfiyati, odamlarning qaynoq g‘ayrati tufayli eng qiyin va og‘ir sharoitlarda mo‘jizalar tarixi yoziladi”, - deya hisoblaydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qator mamlakatlar cheklov choralari orqali “KXDRning taraqqiyot yo‘lida turli qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda”.
KXDRga qarshi xalqaro sanksiyalar ilk bor 2006 yilda BMT darajasida joriy etildi. 2016 yilda AQSH Pxenyan bilan hamkorlik qilgan har qanday shaxslar yoki kompaniyalar qamrab olinuvchi eng jiddiy cheklovlarni o‘rnatdi. Amerika tomonining ma’lum qilishicha, KXDRning to‘liq yadroviy qurolsizlanishidan so‘ng sanksiyalar bekor qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRda Trampni “jasur qarorlar” qabul qilishga chaqirishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi