Kim Chen Inning qor ustidagi hashamatli kresloda qo‘lida sigaret bilan o‘tirgan surati muhokamalarga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish6
Kim Chen Inning qor ustidagi hashamatli kresloda qo‘lida sigaret bilan o‘tirgan surati muhokamalarga sabab bo‘ldi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Samjiyon shahridagi turistik hudud qurilishini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida uning uchun ko‘chaga hashamatli kreslo olib chiqilib, qor ustiga qo‘yildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In 15–16 noyabr kunlari hududdagi tog‘-chang‘i va sayyohlik majmuasi qurilishi bilan tanishgan. Agentlik e’lon qilgan suratlarda yetakchining qor ustiga joylashtirilgan kresloda, qo‘lida sigaret bilan o‘tirgani aks etgan.

Tashrifda uning 13 yoshli qizi Kim Ju E ham qatnashgan. U yangi turistik hududda chang‘i uchgan. Jahon OAVlarida Kim Ju E otasining ehtimoliy vorisi sifatida tayyorlanayotgani haqida taxminlar bildirilmoqda.

Shimoliy Koreyaning Londondagi sobiq diplomatik xodimi Txe Yon Xo qizga yuqori martabali amaldorlar alohida e’tibor ko‘rsatayotganini aytgan. Uning fikricha, Kim Ju Ega nisbatan qo‘llanilayotgan tartiblar Kim Chen Inning vorislikka tayyorlangan davrini eslatadi. Biroq uning kelajakdagi maqomi rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In avvalroq Xitoyga tashrif buyurib, mamlakatga Dandun shahri yaqinidagi Yalu daryosi ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prik orqali kirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?