08:53 / 21.01.2019
3 805

Gongkongda 4,6 mlrd dollarlik avtomobil tunneli ochildi

Gongkongda 4,6 mlrd dollarlik avtomobil tunneli ochildi
Gongkongda qurilishiga 4,6 mlrd dollar investitsiya qilingan yangi avtomobil tunneli ochildi. Bu loyihaning amalga oshirilishi 10 yil vaqt olgan.

Gap uzunligi 4,5 kmlik transport tuguni haqida ketmoqda. Undan 3,7 kilometri Gongkong orolining shimoliy sohili bo‘ylab, qisman dengiz tubi orqali o‘tgan. Yangi tunnel ikki tomonga uchtadan harakatlanish polosasiga ega va shaharning markazida yo‘llardagi qatnovni kamaytirishga qaratilgan. Tunnel orqali o‘tish bepul bo‘ladi.

Tunnel, ta’kidlanishicha, dunyodagi eng yirik shamollatish va havoni tozalashning o‘ziga xos tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim chiqindi gazlardagi zararli modddalarning 80 foizini bartaraf etishga imkon beradi va har soatda 5,4 mln kub metr havoni filtrlashga qodir.

“Yashillar” harakati vakillari ushbu tunnel joriy qilinishini qutlashgan va hukumatni unda qo‘llangan texnologiyalarni shunday boshqa inshootlarda qo‘llashga chaqirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gongkongda 4,6 mlrd dollarlik avtomobil tunneli ochildi