12:35 / 19.02.2020
2 478

Diamond Princess kruiz laynerida karantin muddati tugadi, yo‘lovchilar qirg‘oqqa tushirilishi boshlandi

Diamond Princess kruiz laynerida karantin muddati tugadi, yo‘lovchilar qirg‘oqqa tushirilishi boshlandi
Foto: Reuters
Yo‘lovchilari orasida koronavirus tarqalgan Diamond Princess kruiz layneridan 14 kun avval kiritilgan karantin bekor qilinib, yo‘lovchilarga kemani tark etishga ruxsat berildi.

Birinchi bo‘lib kemani keksa kishilar tark etadi. Ularni qirg‘oqda o‘nlab avtobuslar kutib turibdi. Laynerni 19 fevralda virus aniqlanmagan 500 ga yaqin odam tark etishi mumkin bo‘ladi. Barcha yo‘lovchilarni kemadan tushirishni 21 fevralgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Virus aniqlangan yoki kasallanganlar bilan bir kayutada bo‘lgan kishilar qo‘shimcha 14 kunlik karantinga qolishiga to‘g‘ri qoladi.
18 fevral holatiga ko‘ra kemada kasallanganlar umumiy soni 542 nafarga yetgani ma’lum qilingan.
Kemani birinchi bo‘lib keksa ayol tark etgan. Hammasi bo‘lib kemada 3700dan ko‘proq odam bor.

Kruiz layneri 20 yanvarda Yaponiyaning Yokogama shahridan 4 fevralda yakunlanishi kerak bo‘lgan 2 haftalik kruizga jo‘nagan. 3 fevralda kema undagi ba’zi yo‘lovchilar virusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin Yokogama portida tekshirishga to‘xtatilgan. Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi kemani 14 kunlik karantinga qo‘yishni talab qilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 2 mingdan oshib ketdi. O‘tgan kun ichida 135 ta o‘lim holati qayd etilib, qurbonlar umumiy soni 2004 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni 1749 nafarga ko‘payib, 74 mingdan oshib ketdi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Xitoyda ilk bor bir kun ichida virusga chalinganlar soni undan sog‘ayib ketganlar sonidan kamroqni tashkil qildi. 18 fevralda kasallikdan forig‘ bo‘lgan 1824 kishi shifoxonadan chiqarilgan.

Shuningdek, virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasidan tashqari boshqa hududlarda 15 kundan beri kasallanish holatlari soni kamayishi kuzatilmoqda: 3 fevralda 890 ta kasallanish holati qayd etilgan bo‘lsa, 18 fevralda bor-yo‘g‘i 56 ta yangi kasallanish holati aniqlangan.

Xubeyda ham eng og‘ir vaziyat virus tarqalishi markazi bo‘lgan Uxan shahridagina saqlanib qolmoqda. 18 fevralda Uxanda 1660 ta, provinsiyaning qolgan hududlarida esa bor-yo‘g‘i 33 ta kasallanish holati qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Diamond Princess kruiz laynerida karantin muddati tugadi, yo‘lovchilar qirg‘oqqa tushirilishi boshlandi