Ispaniyada kuchli to‘lqinlar dengizga tortib ketgan ayolni odamlar zanjir hosil qilib qutqardi (video)

1 daqiqa o'qish3
Ispaniyada kuchli to‘lqinlar dengizga tortib ketgan ayolni odamlar zanjir hosil qilib qutqardi (video)

Ispaniyaning A-Korunya shahridagi Riasor plyajida kuchli to‘lqinlar sohilda kitob o‘qib o‘tirgan ayolni dengizga tortib ketdi. Taxminan 10 kishi birlashib, jonli zanjir hosil qildi va uni suvdan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

La Voz de Galicia nashrining xabar berishicha, voqea 25 oktyabr kuni soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgan. Ayol qirg‘oqqa yaqin joyda kitob o‘qib o‘tirganida, kutilmaganda kuchli to‘lqin uni dengiz tomon tortib ketgan.

Dastlab bir kishi ayolga yordam berish uchun suvga tushgan, biroq uni mustaqil ravishda qirg‘oqqa olib chiqolmagan. Shundan so‘ng atrofdagi odamlar yordamga shoshilib, qo‘l ushlashgan holda jonli zanjir hosil qilgan. Dastlab besh kishi boshlagan qutqaruv harakatiga yana boshqalar qo‘shilib, ishtirokchilar soni taxminan 10 nafarga yetgan. Ular birgalikda ayolni qirg‘oqqa olib chiqishgan.

Qutqaruvdan keyin ayolga sohilning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ng u yengil gipotermiya — tana haroratining pasayishi holati bilan tez yordam mashinasida A-Korunya universitet shifoxonasiga olib ketilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?