
Qozog‘istonda koronavirusga chalingan yana 10 ta holat qayd etildi, deb xabar berdi Kazinform coronavirus2020.kz'ga asoslanib.
“Koronavirus infeksiyasining yana 10 ta holati: Qizilo‘rda viloyatida — 1 kishi, Olmaotada — 7 kishi, Nur-Sultonda — 2 kishi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
13 aprel, 09:00 holatiga ko‘ra, Nur-Sultonda 253 kishi, Olmaota shahrida 172 kishi, Qarag‘andi viloyatida 65 kishi, Aqmola viloyatida 71 kishi, Atirau viloyatida 59 kishi, Jambil viloyatida 46 kishi, Chimkentda 38 kishi, Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 6 kishi, Almati viloyatida 21 kishi, Aqto‘be viloyatida 11 kishi, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida 25 kishi, Pavlodar viloyatida 10 kishi, Mang‘istau viloyatida 10 kishi, Qizilo‘rda viloyatida 119 kishi, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 9 kishi, Turkiston viloyatida 43 kishi, Qostanay viloyatida 3 kishi, jami 961 bemor ro‘yxatga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar